2-8 - Dars



- Binobarin uning ustuni bor faqat sizlar uni ko`ra olmaysizlar-dedilar.

Tortishish kuchi haqida “Ko`rinmas ustunlar” dan ko`ra yaxshiroq ibora topish mumkinmi? Axir usha paytda ummatning aqli shunga yarasha edi.  Boshqa bir hadisda hazrat Ali (a.s) bunday degan edi:

    Osmondagi bu yulduzlar yer yuzidagi shaharlarga o`xshaydi, zero ular ham o`zari aloqaga egadirlar. Bugungi kunga kelib donishmandlar biz ko`rayotgan yulduzlar orasida millionlab boshqa yulduzlar ham mavjudligi, shuningdek u yerda tirik mavjudotlar bo`lishi mumkinligini aytyaptilar.

 

  Yerning o`z o`qi va Quyosh atrofida aylanishi 

Ma`lumki Yerning o`z o`qi atrofida aylanishini mashhur italyan olini Galiley tahminan bundan to`rt asr oldin kashf etgan edi. Bundan oldin Misrlik olim Ptolomey qonuniga e`tiqod qilinar edi. Unga ko`ra Yer koinot markazi bo`lib hamma sayyoralar uning atrofida aylanadi.

Lekin Galiley Yer koinotlarning markazi emas, balki u o`z  o`qining atrofida va shuningdek Quyosh atrofida aylanadi”- degan nazariyani ilgari surdi. Bu fikri uchun unu cherkov uni kofir deb e`lon qilgan edi. Shuning uchun bechora Galiley “qilgan ishiga tavba qilib” hayotini saqlab qolgan edi. Lekin keyinchalik uning nazariyasi to`g`riligi  isbotlandi. Har holda Ptolomey nazariyasi qariyb bir ming besh yuz yil o`z kuchini saqlab turgan edi va Qur`on nozil bo`lganda hech kim bu nazariyaga xilof nazariyani aytishga jur`at ham etmas edi. Lekin Qur`onga diqqat qiladigan bo`lsak, Naml surasi 88-oyatda bunday deyiladi:

وَتَرَى الْجِبَالَ تَحْسَبُهَا جَامِدَةً وَهِيَ تَمُرُّ مَرَّ السَّحَابِ صُنْعَ اللَّهِ الَّذِي أَتْقَنَ كُلَّ شَيْءٍ إِنَّهُ خَبِيرٌ بِمَا تَفْعَلُونَ

27.88 . Siz tog'larni ko'rib (mangu) qotib turuvchi, deb o'ylarsiz. Holbuki, ular ham xuddi bulutlar (suzib) yurgandek (havoda suzib) yurarlar. (Bu) barcha narsani puxta qilgan zot - Allohning sinoatidir. Albatta, U zot sizlar qilayotgan (barcha) ishlardan ogohdir!

Naml surasi;88-oyat

Yuqoridagi oyatda tog`larning harakatiga ishora qilinib, bu harakat bulutlar harakatiga o`xshatiladi. Zero bulutlar harakati tez va muloyimdir. Boshqa tarafdan esa Yerning harakatini tog`lar harakati deb aytiladiki  bu esa harakatning azamatini churroq anglatish uchundir. Tog`lar esa faqat Yer aylansagina aylana oladilar.

O`zingiz bir o`ylab ko`ringchi, axir yer har qanday harakatdan xoli tinch, deb e`tiqod qilingan davrda Yerning harakat qilishi haqida xabar berilishi ilmiy mo`jiza emasmi? Ustiga ustak bu xabarni yozish va o`qishni bilmaydigan bir odam tarafidan berilgan bo`lsa? Yetmaganidek payg`ambariimiz yashagan muhitlari ham johiliyat botqog`ida bo`lgan ilmdan uzoq bir zamin edi. Mana shularning barisi Qur`on haqiqatdan ham Osmondan nozil bo`lgan mo`jiza ekanligiga dalolat qiladi.

O`ylab javob bering:

1.    Quronning ilmiy mo`jizalari deganda nima nazarda tutiladi?

2.    Yerning tortishish qonunini birinchi bo`lib qaysi olim va qaysi davrda ixtiro qilgan edi?

3.    Qur`onning qaysi oyati tortishish qonuni haqida xabar beradi?

4.    Yerning harakatsiz turishi haqidagi nazariya kimga tegishli edi? Bu nazariya qancha vaqt olimlar orasida o`z kuchida qolgan edi?

5.    Qur`oni Karimning qaysi oyatida Yerning harakati haqida qanday qilib xabar beriladi?



back 1 2