2-8 - DarsSAKKIZINCHI DARSBUGUNGI KUN ILMI VA QUR`ONBeshakki Qur`on bu matematika, tibbiyot yoki biologiya kitobi emasdir. Qur`oni Karim – bu insoniyatni hidoyatga boshlaydigan va uni kamolotga yetaklovchi kitobdir va bu maqsad uchun kerakli bo`ladigan hamma zaruriy ilm bilan ta`minlaydi. Biz Qur`onni hamma ilmlarni o`z ichiga olgan enciklopediya kitobi va hamma fanlarni o`z ichiga olgandir deyishimiz to`g`ri bolmaydi. Lekin ba`zida hidoyatga boshlash uchun dunyoviy ilmlarning bir qismatini yoritib beradi. Ayniqsa tavhid (yakkaxudolik)ni isbotlash uchun jahondagi o`zaro bog`liqlikni ilmiy dalillarini juda chiroyli qilib yoritib bergandir. Qur`onda bayon etilgan bunday aloqalar usha davrning hatto donishmandlariga ham noma`lum edi. Shunday masalalarni “Qur`onning ilmiy mo`jizalari†deb atashimiz mumkindir. Ana shunday mo`jizalarning bir nechasini ko`rib chiqamiz: Qur`onda tortishish qonuni haqida
Mashhur fizika olimi Nyutondan oldin hech kim tortishish qonunini kashf etmagan edi. Ma`lumki, Nyuton olma daraxtining tagida o`tirganida olma daraxtdan uzilib yerga tushadi. Bu bir qarashda oddiy bo`lgan hodisa Nyutonning fikrini o`ziga jalb etadi. “Nima uchun olma aynan yerga tushdi ekan? Boshqa tarafga harakat qilmadi?â€-degan savollar qurshovida qoladi. Keyinchalik esa Tortishish qonunini (Gravitaciya qonuni) kashf etdi. Buning ketidan impuls qonuni va undan keyin Koinotdagi sayoralar sistemasining yaxlitligi va bu sayyoralar ham ana shu qonunga bo`ysunishini kashf etdi. Nima uchun bu Yer kurrasi Quyosh atrofida aylanadi? Nima uchun ular bir biridan ma`lum masofani saqlab turadilar, urilib ham ketmaydi, yoki bir-biridan qochib ham ketmaydi? Qanday kuch bularni bunday aniq tartibda saqlab turadi? Ha , Nyuton doiraviy harakat qiladigan jismlarning markazdan qochma kuchlarini va tortishish kuchiga ega ekanligini kashf etgan edi. Bir jism atrofida aylanayotgan boshqa jism bo`lganda va ular orasida muvozanat vujudga kelganida , yani tortish va markazdan qochma kuchlar o`zaro tenglashganida urilib ketish va ajralib ketishlarning oldini olishi tushunib yetgan edi. Lekin bu qonun kashf etilishidan ming yil oldin Qur`oni Karim bu haqda bunday degan edi: اللّه٠الَّذÙÙŠ رَÙَعَ السَّمَاوَات٠بÙغَيْر٠عَمَد٠تَرَوْنَهَا Ø«Ùمَّ اسْتَوَى عَلَى الْعَرْش٠وَسَخَّرَ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ ÙƒÙلٌّ يَجْرÙÙŠ لأَجَل٠مّÙسَمًّى ÙŠÙدَبّÙر٠الأَمْرَ ÙŠÙÙَصّÙل٠الآيَات٠لَعَلَّكÙÙ… بÙÙ„Ùقَاء رَبّÙÙƒÙمْ تÙوقÙÙ†Ùونَ 13.2 . Alloh osmonlarni, ko'rib turganingizdek (ko`rinmas) ustunlar bilan ko'tarib qo'ygan, so'ngra Arsh uzra mustaviy bo'lgan hamda quyosh va oyni (O'z amriga) bo'yin sundirgan zotdir. Har biri muayyan muddatgacha (ya'ni, qiyomat qoyim bo'lgunicha) jarayonda bo'lur. (Alloh barcha) ishning tadbirini qilur va sizlar (qiyomat kunida) Rabbingizga ro'baro' bo'lishga imon keltirishingiz uchun oyatlarni mufassal bayon qilur. Ra`d surasi; 2-oyat
Bu oyatning tagida kelgan imom Rizo(a.s)ning hadislarida bunday naql qilinadi: Xudovand Qur`onda (ko`rinmas) ustunlar bilan ko'tarib qo'ygan,demaydimi?-deb so`raydilar, sahobalari: -Ha, deb javob berishganida ,
|