2-2 - Dars5. Odamlarning qo`lga kiritishi mumkin bo`lgan ilmiy ixtirolarva yoki kamchiliklaridan boxabar bo`lishi kerak; 6. Qonun tuzuvchi unutuvchan, xatokor bo`lmasligi kerak; 7. Qonun tasischisi hech qanday kuch-qudratdan qo`rqmaydigan bol`ishi kerak. Yuqorida sanab o`tilgan sharoitlar kimda jam` bo`lgan? Inson eng yaxshi qonun tuzuvchi bo`lishi mumkinmi? Shu paytgacha odamzotni kim bo`lsa ham oxirigacha taniy oldimi? Bizning asrimizda donishmandlar tarafidan yozilgan kitobga “Inson tanilmagan noma`lum mavjudotdir†deb kitob yozilgan bir davrda insonni yaxshi tanidik deya olamizmi? Yoki odamlar orasida o`z manfaatini ko`zlamaydigan oddiy odamni topa olasizmi? Yoki insonlar orasidan xato qilmaydigan, hech narsani ham unutmaydigan odamni bilasizmi? Shunday ekan Allohdan boshqasi, yoki Uning vahiysi bilan ish ko`ruvchi insondan boshqasi jamiyat uchun yaxshi qonun tuzuvchi bo`la olmaydi! Shunday qilib, odamlarni yaratgan Parvardigor ularni hidoyatga boshlash uchun tayinlangan odamlarni yuboradiki, ular (ya`ni payg`ambarlar) odamlarning manfaatlariga mos keluvchi qonunni tasis etsinlar. Yakkaxudolik va payg`ambarlik orasidagi bog`liqlik Shuningdek shu narsa diqqatga sazovordirki, hayotning o`zi payg`ambarlar va ularning risolatni yetkazganlilaridan xabar beradi. Alloh Taolo bu dunyodagi barcha mavjudotlarni yaratish bilan birga ularga zaruriy narsalarni ham yaratgandir. Masalan, ko`rish uchun ko`zni yaratgan bo`lsa, bu ko`zlarni qovoq va kipriklar bilan ham ta`minlagan bu ko`zni chetdan keladigan zararlardan asrash uchun zaruriydir. Ko`zlar burchagida joylashgan bezlar esa yosh ishlab chiqaradi kerakli namlikni yaratadi va qurib qolishlikdan saqlaydi. Shuningdek ko`z burchagida yana kanallar bo`lib ortiqcha yoshlarni burun tarafga yo`llaydi va agar bu kanallar torayib qoladigan bo`lsa ko`z yoshlarimiz yuzimizga oqib tushgan bo`lur edi. Ko`zlarimiz shunday xususiyatga egaki, agar qorong`ilikda bo`lsa kengayadi va yorug`likda torayadi, bu xususiyatlar zulmat va nurning zararining oldini olish uchun zarurdir. Ko`z soqqalari atrofi mushakchalar bilan o`rab olingan bo`lib, ular tufayli ko`zlarni aylantirish mumkin, boshni burmasdan turib yon-atrofni ko`rish imkonini beradi. Endi aytingchi, ko`zni kerakli a`zolar bilan ta`minlagan Xudovand butun boshli bashariyatni rahbarsiz qoldirishi mumkinmi? Mashhur faylasuf va tabib Abu Ali Ibn Sino aytadiki: “Insonning ko`zi kipriklariga yoki oyoq kafining tovoniga bo`lgan ehtiyojidan ko`ra uning rahbarlar va payg`ambarlarga ehtiyoji ko`proq. Binobarin, Alloh insonning bunday ehtiyojini ilmi azaliysi bilan bilib turib u bilan taminlamasligi aslo mumkin emasâ€.
O`ylab javob bering: 1. Insoniyatning buyuk yutuqlaridan biri nimada? 2. Nima uchun odamlar qonunsiz yashay olmaydilar? 3. Odamlar hayotidagi qonunning ahamiyatiga jonli misol keltiring. 4. Eng yaxshi qonun tuzuvchi qanday sifatlarga ega bo`lishi kerak? 5. Sizningcha nima uchun payg`ambarlar odam naslidan bo`lishi kerak?
|