2-2 - Dars



IKKINCHI DARS

QONUN TASIS ETISHDA PAYG`AMBARLARGA EHTIYOJIMIZ

Oldingi darsda basharning payg`ambarlarga bo`lgan ehtiyojining faqat ikki tarafi ta`lim va va tarbiyat masalasi yuzasidan ko`rib chiqdik.  Bilamizki inson hayotidagi hamma muvaffaqiyatlari ijtimoiy hayoti bilan uzviy bog`liqdir. Agar insonlar bir-birlari bilan aloqada bo`lmasdan ajralib yashaganlarida edi, tosh asri odamlarining tafakkuri kabi sayoz fikrlaydigan bo`lar edilar. Birgalashib qilingan harakatlar tufayli ilmiy kashfiyotlar va taraqqiyot ro`y beradi. Masaln, Oyga qilingan parvozni ko`rib chiqsak, bu bitta yoki bir necha donishmandning tafakkuri natijasi emas, balki milionlab olimlarning harakatlari tufaylidir. Yoki bizning davrimizdagi mohir shifokor agar o`lgan odamning yuragini tirik odamga o`tkazadigan jarrohiyot amalini bajaradigan bo`lsa bu minglab o`tmishdagi mohir tabiblarning harakatlari tufaylidir. Chunki bu kabi ilmlar ustozdan shogirdga o`tadi. Lekin bu ijtimoiy hayotning o`ziga yarasha kamchiliklari ham bordir. Odamlar haq va huquqlarini talashadilar, gihida bir-birlarining haqqiga tajovuz qiladilar va hatto o`zaro qonli to`qnashuvlar qilishgacha boradilar. Mana shu o`rinda komil bo`lgan qonun va tartiblarga muhtojdirmizki, ko`p mushkilotlarni hal qilib berishda bizga ko`maklashadi:

1.    Qonun har bir odamning jamiyat oldidagi vazifasi, jamiyatning har bir inson oldidagi vazifasini aniq ko`rsatib berishi kerak;

2.    Qonun odamlarning vazifalariga qanchalik amal qilayotganliklarini nazorat qilib beradi;

3.    Qonun odamlarning bir-birlarining haqlariga tajovuz qilishlarining oldini oladi, agar unga amal qilinmasa jazo berishlikni ta`yin qiladi.

Eng yaxshi qonun asoschisi kimdir?

Endi yuqoridagi talablarga javob bera oladigan qonunni kim tasis qilishi mumkinligini ko`rib chiqamiz.  Ruxsat bering avvalo sodda misol keltiraylik: Kishilik jamiyatni ulkan poyezdga o`xshatish mumkindirki, hukumatdagi odamlarni esa lokomotivni harakatga keltiruvchi dastgoh tepasidadirlar. Qonun esa temir yo`llar bo`lib poyezdning manzilga yetishi uchun qo`yilgandir. Yo`lning pastu-balandlilardan iborat ekanligini hisobga oladigan  bo`lsak bu temir yo`llarning (relslarning) mahkam bo`lishligi naqadar ahamiyatli ekanligini tushunishimiz mumkin bo`ladi. Relslarning poyezd qildiraklariga mos kelishi lozimdir. Shuningdek o`zaro parallel bo`lishi shartdir. Relslarning past-balandligi shunday bo`lishi kerakki, tormoz berganda mone bo`lmasin. Shuningdek atrofdagi tog`-adirlardagi toshlar to`kilishi  yoki sel kelishi xavfi aniq hisobga olinishi kerakki, agar mabodo bunday mushkilotlarga duch kelinsaham poyezd o`z manziliga sog`-salomat yetib borsin. Bu misolni keltirganimizdan keyin yana kishilik jamiyatga qaytsak: eng yaxshi qonunni o`ylab topishi kerak bo`lgan kimsa quyidagi sifatlarga ega bo`lishi lozimdir:

1.    Odamlarni yaxshi tanisin, uning g`arizalari, moyilliklari, niyozi, mushkilotlari bilan tanish bo`lishi kerak;

2.    odamlarning iste`dod va yaxshi tomonlarini tanishi kerak;

3.    Kelajakda kishilik jamiyatida ro`y beradigan hodisalardan boxabar bo`lishi va bu hodisalar qarshisida nima qilish kerakligini bilishi kerak;

4.    Jamiyatdan hech qanday manfaat ko`rmaydigan bo`lsin, chunki aks holda o`z manfaati yo`lida qonun tuzishi mumkin;



1 2 next