1-2 - Dars



وَنَضَعُ الْمَوَازِينَ الْقِسْطَ لِيَوْمِ الْقِيَامَةِ فَلَا تُظْلَمُ نَفْسٌ شَيْئاً

Biz qiyomat kuni uchun adolatli tarozilar qo'yurmiz, bas, biror jonga zarracha zulm qilinmas.(Anbiyo surasi; 47)

d) Adolatga da`vat qilish;

Aytib o`tganimizdek insonning sifati Allohning sifatlaridan bo`lishi kerak. Odamlar jamiyatida ham ana shu sifatlar bo`lishi kerakdir. Shunga asosan, Qur`onda Allohning adolatiga asoslanilgan holda insonlar jamiyatini ham adolatli bo`lishga chaqirilgan. Qur`onda ba`zi qavmlarning  nes-nobud bo`lishlariga ularning qilgan zulmlari sabab bo`lganligi aytiladi, zolimlarning oqibati og`ir bo`lishligi ta`kidlanadi. Qur`onda qavmlarning sarguzashtlari hikoya qilinib unda zulm qilgan qavmlar oqibatidan xulosa chiqarishga da`vat etiladi.

إِنَّ اللّهَ يَأْمُرُ بِالْعَدْلِ وَالإِحْسَانِ وَإِيتَاء ذِي الْقُرْبَى وَيَنْهَى عَنِ الْفَحْشَاء وَالْمُنكَرِ وَالْبَغْيِ

 Albatta, Alloh adolatga, ezgu ishlarga va qarindoshga yaxshilik qilishga buyurar hamda buzuqchilik, yovuz ishlar va zulmdan qaytarur.  (Nahl surasi, 90)

Qizig`i shundaki, zulm qilish qanchalik hunuk bo`lsa, zulmni qabul qilish ham islom va Qur`on nuqtai nazaridan noto`g`ri va noma`qul ish hisoblanadi. Chunki zulmga nisbatan beparvo bo`lish zolimlarni zulm qilishga rag`batlantiradi. Baqara surasining 279 –oyatida aytilishicha :

Ham zulm qilmang va ham sizga zulm qilishlariga yo`l qo`ymang.

O`ylab javob bering:

1.  Aql shariatga suyanmagan holda (ya`ni mustaqil holda) yaxshilik va yomonlikni ajratishga qodirmi yoki yo`qmi?

2.  Zulmni keltiruvchi omillarni sanab o`ting. Allohning adolatiga aqliy dalil keltiring.

3.  Qur`onda Allohning adolati haqida va zulm qilish kerak emasligi haqida qanday oyatlar bor?

4.  Odamning  zulm va adolat qarshisida qanday vazifalari bordir?

5.  Zulm ko`rish va zulmga taslim bo`lish gunoh hisoblanadimi?



back 1 2 3