1-2 - DarsIKKINCHI DARSPARVARDIGORNING ADOLATIGA DALILLAR1. Aqlning yaxshi –yomonni ajratish qudrati. Shu narsani aytib o`tish kerakki, inson ma`lum bir hududgacha yaxshi va yomonni ajratish kuchiga egadir. Masalan adolat va ehsonni yaxshi ekanligini, zulm va baxillikning yomon ekanligini din va dindorlik bilan tanish bo`lmagan odam ham biladi. Lekin shunga qaramay bizning aqlimiz hamma narsani idrok qila olmaydi, shuning uchun hidoyat qiluvchiga (payg`ambar yoki imom) ehtiyoji bordir. Binobarin agar musulmonlarning “Ashoira†vakillari aqlning yaxshi-yomonni ajratish qudratini inkor etishlari va hamma narsani faqat shariat tayin qiladi, shariat bo`lmasa odam hatto zulmning yomon ekanligini ajrata olmagan bo`lur edi, deyishlari noto`g`ri fikrdir. Agar shunday bol`masa (ya`ni yaxshi – yomonni umuman ajrata olmaydigan bo`lganimizda edi) Allohning yomon odamlar extiyoriga mo`jiza qilishni topshirib qo`ymaganligini qayerdan bilamiz? Lekin yolg`on gapirish yomonligini bilganimiz uchun Xudovand hech qachon yolg`on gapirmaydi, deb e`tiqod qilamiz, bilamizki U va`dasiga xilof qilmaydi, hech qachon mo`jizalarini yolg`onchi odamning extiyoriga berib qo`ymaydi. Shuning uchun shariat va dinga ishoniladi. Shunday ekan, yaxshi-yomonni ajratish qudrati- dinning asosini tashkil qiladi (diqqat qiling!). Endi Allohning adolatiga dalillar keltiramiz: 2. Zulm qayerdan kelib chiqadi? Zulm qilinishiga quyidagi sabablarning biri omil bo`ladi: a) Jaholat; zulm qilayotgan odam gohida o`zi zulm qilayotganligini kimningdir haqqini poymol qilayotganligini bilmaydi. b) ehtiyoj va muhtojlik ; gohida odamdagi muhtojik boshqalar qo`lidagi narsalarga vasvasa bo`lib zulm qilishiga sabab bo`ladi. 3. Ojizlik va notavonlik; ba`zida odam zulm qilishni istamaydi, lekin undagi ojizlik va notavonlik uni zulm qilishga majbur qilgandek bo`ladi. 4. Xudbinlik, intiqom olish . gohida odam zulm qilishi uchun yuqorida aytilgan sabablar emas, balki xudbinlik sabab bo`lishi mumkin. Intiqom olish yoki gina-kudurat tufayli odam birovga zulm qilishi mumkin. Yuqorida aytib o`tilgan nuqsonlarning hech biri Alloh Taoloning vujudida yo`q bo`lganligi uchun, ya`ni Alloh – Olim, beniyoz (hech narsaga muhtoj emas), har narsaga qodir, mehribon bo`lgani uchun zulm qilish uchun asos bo`lmaganidan U hech vaqt zulm qilmaydi. U benihoyat kamolot egasidir, yaxshilik va adolatdan boshqa narsa Uning vujudida aslo yo`qdir. Xuddi spirtli ichimkil yoki narkotik moddalar iste`mol qilgan odam turli kasalliklarga yo`liqqani kabi, agar bandalarini jazolasa, bu ularning qilgan amallari natijasidadir. Qur`oni Karimda aytilishicha:
|