ISLOMIY SHE’RLAR«Ey Robbim, panoh ber!» deya bulardan Berkingan suvratdir hijobli ayol. Ko’plar ayol nomin bo’lg’aydi tinmay, Avratlar ochilib, bo’lishar xush-hol. Taqvosin ko’rsatib, o’zin ko’rsatmay Saqlangan siyratdir hijobli ayol. Millat-u, dinini ko’plar unutib Gunohlar qarida toparkan zavol, Taqvosi timsoli, libosi bo’lib Diniga quvvatdir hijobli ayol.
|