ISLOMIY SHE’RLARBehayo kimsalar, dinsiz johillar Mashara qilganda uni bemalol. «Allohim, ularga hidoyat ber», deb Eng yaxshi niyatdir hijobli ayol. Uning mauvjudligi ko’ngilga malham Ko’z quvnar, qalb esa bo’lmagay behol. Kitoblar yoqilib ketganida ham Islomga hujjatdir hijobli ayol! Davatlar to’htagan telba diyorda Har kimning ko’nglida katta bir savol. Indamay ketsa ham ko’zlari yerda Katta bir davatdir hijobli ayol. Unga havas qilgum, degum, «ey singlim, Erlarga taqvoda o’rnak bo’lib qol!» Iymondan voz kechgan erkaklar uchun Eng yaxshi ibratdir, hijobli ayol.
|