Fan hijobning foydali ekanligini tasdiqladiUshbu tadqiqotda ishirok etgan Prinston universiteti bitiruvchisi Mina Sikaraning fikricha, erkaklar o’z ayollari yoki opa-singillariga ochiq libos kiygan ayollarga qaragandek qaramaydilar. Buning ustiga, erkaklar to’liq o’rangan ayollarning suratlarini ko’rganda o’z fikrlarini asosan uchinchi shahsda – «u itarib yubordi», «qo’lida ko’tarib turibdi», «tutib oldi» shaklida bildirganlar. Bu esa, Fiske xonimning fikricha, erkaklar o’rangan ayollarni mustaqil, hur ayollar deb qabul qilishlarini, ularga nisbatan biror hatti-harakat sodir etish fikridan uzoq bo’lishlarini ko’rsatadi (Eshl'man, Landau). Ayolning libosi qanchalik to’liq bo’lsa, unga hurmat shunchalik ko’p bo’ladi Fiske xonimning aytishicha, tadqiqot natijalari ayollar uchun, ayniqsa erkak-ayollar aralash bo’ladigan sharoitlarda ishlaydigan g’oyatda muhim hulosalarga olib keladi. O’z ayollik jozibasini bo’rttirib ko’rsatib yuradigan ayollarga ko’p nazar solish erkaklarning o’sha ayollarga bo’lgan munosabatiga va buning oqibatlariga bevosita tasir ko’rsatadi (Landau, Sempl). Luorens universiteti professori Piter Glik olib borgan tadqiqotda erkaklarning ayollarga salbiy munosabatda bo’lish sabablari o’rganildi. Ma’lum bo’lishicha, ishhonada ochiq-sochiq kiyinib yuradigan ayollarning saviyasi va aql-zakovati, ayniqsa ular rahbar lavozimda bo’lsalar, erkaklarning nazdida pastroq tuyular ekan. «DiversityJobs» ma’lumotlariga ko’ra, professor Glikning tadqiqotlarida «yuqori mansab, rahbar lavozimda ishlovchi ayollar qo’l ostidagilarning hurmatiga sazovor bo’lishlari uchun kamtarona va ananaviy kiyinishlari kerak»ligi qayd etilgan. Bir qator tadqiqotlar ham pornografiyani tomosha qilish va ayollarga nisbatan tajovuz holatlari, shu jumladan zo’rlashlar o’rtasida bevosita bog’liqlik borligini ko’rsatmoqda. Bosniya va Iroqda bo’lib o’tgan urushlarda misli ko’rilmagan g’ayriinsoniy jinoyatlarini sodir qilgan soldatlarning aksariyati pornografiyaning ashaddiy ishqibozlari ekanligi, hatto bunday suratlarni qotilliklardan keyin «o’ziga kelish» uchun tomosha qilishlari ma’lum bo’lgan (Chu, Rijali). Fiske xonim o’z tadqiqot natijalari boshqa olimlarning hulosalari bilan solishtirib ko’rib, yuqoridagi mazmundagi teledasturlarni tomosha qilish ham insonning zo’ravonlikka bo’lgan emotsional sezgisini susaytirib yuborishini qayd etdi. G’urur va ishonch Kamtarona va ananaviy bichimdagi liboslarning afzalligi ochiq-oydin bo’lishiga qaramay, OAVda hijob haqidagi fikrlar muslimalarni kamsitilgan, haqsizlardek tasvirlaydi. Biroq, Karen Deniel'son xonim hijob ayol kishida o’ziga ishonch va g’urur hissini mustahkamlaydi. Deniel'son xonim asli amerikalik bo’lib, Iordaniyada yashar ekanlar. Hijobni ilk bor yigirma yil avval, 1983 yilda muslima bo’lganlaridan keyin kiygan ekanlar. «Ko’chada hijobda yuraman. Hijobdaligimda mening erkaklar uchun go’zal yoki hunukligimni hech kim ko’ra olmaydi, - deydilar Karen «IslamOnline» muhbiriga. - Meni o’zimning ahloqim va zakovatimga qarabgina baholashlari mumkin. Bu imkoniyatni menga hijobim beradi. Chunki men ko’zga tashlanmaydigan, erkaklarning etiborini tortmaydigan libosda kamtarona qiyofada bo’laman».
|