Fan hijobning foydali ekanligini tasdiqladi«Men hijobda o’zligimni saqlab qolaman, o’z fikrim, o’z qarashlarimga ega bo’laman, - suhbatga qo’shiladi Sumayya Finnigen. – Men hamma nima desa shuni gapirmayman, hamma nima kiysa shuni kiymayman, men qanday libos kiyishni o’z etiqodimdan kelib chiqib tanlayman. Bu esa men uchun mutlaqo hurriyatdir». 1979 yilda Islomni qabul qilgan amerikalik muslima Bilqis Muhammadning fikri ham huddi shunday. Uning aytishicha, hijob «ayolning o’zini ham, uning atrofidagilarni ham kamtarlikka, hayoli bo’lishga undab turadi». Bugungi kunda Saudiya Arabistonida istiqomat qilayotgan Bilqis xonim qaddi-qomatini ham, yuzini ham begona ko’zlardan to’sib yuradi va «bu narsa atrofdagilarni, ayniqsa begona erkaklarni ko’zi va tilini tiyib yurishga majbur qiladi, menga bekorchi gap aytishga yo’l bermaydi» deydi. Hijob va xavfsizlik Iordaniyada yashovchi yana bir amerikalik ayol - Kari Abudeyi o’n ikki yoshidan buyon Islomda ekan. U ham «IslamOnline»ga interv'yu berishga rozi bo’ldi. «Men hijobda yursam, kamtarona kiyinsam, o’zimni mutlaqo xavfsiz sezaman», - deydi u. «Bu meni erkaklardan to’suvchi, ularning nazarlaridan, menga va mening nomusimga hurmatsizlik qilishlaridan himoya qiluvchi pardamdir. Bu parda meni tasodifan ko’zi tushib qolgan begona erkakning instinktiv (beihtiyor) sinovchan nazar tashlashidan, ularda menga nisbatan shahvoniy mayl uyg’onishidan, hatto ochiq-sochiq libos kiyganlarni ko’rganda ularning fikridan o’tadigan hayollardan ham himoya qila oladi». Kari xonim so’zida davom etib, shunday deydi: «Bu senga shilqimlik qiladigan erkaklardan, ularning yoningga kelib olishidan, gap otib, senga tikilib turishidan va hatto qo’l tekkizishidan himoya qiluvchi mustahkam zirhli qalqondir». Asli Londonlik Finnigen xonim hijob kiyishni «Parvardigorimga itoat ramzi, ayolni jismoniy jihatdan ham, manaviy jihatdan ham himoya qilish» deb hisoblaydi va hozirgi holatini 1999 yilda Islomga kirib, hijob kiygungacha bo’lgan davr bilan qiyoslaydi. «Bazan, kimdir ortimdan ergashib kelmayaptimikan, deb hatto o’z uyimga etib olguncha qo’rqqanimdan sal yopiqroq kiyim kiyib olsam bo’lar ekan, deb afsuslangan paytlarim bo’lardi. Har kuni kechqurun uyga qaytar ekanman, menga kimdir tashlanib qolmasmikan, nomusimga tajovuz qilib qolmasmikan, deb ortimga qo’rqa-pisa qarab kelardi», - deb eslaydi Finnigen xonim. To’g’ri, ayolning xulq yoki kiyimidan qati nazar unga tajovuz qiladiganlar ham topiladi, - tan oladi Bilqis xonim. Biroq, uning fikricha, muslimaning hijobi «ko’ngilsiz jismoniy tajovuzlardan qo’shimcha himoyadir». «Hijobning asosiy maqsadlaridan biri – ayolni maishiy buzuq kishilarning nazaridan, shilqimlik qilib, gap otadiganlardan himoya qilishdir», - deydi ar-Riyoddagi al-Imom universiteti professori shayh Riyod al-Musaymiriy. «IslamToday» nashriga ko’ra, bazi g’arb sharhlovchilari ayolning ro’mol o’rashi uning ijtimoiy mavqei pastroqligini tan olishidir, deb hisoblaydilar. «Bundan ham qattiq adashish mumkinmi? Ahir Quroni karimda bunday libosdan maqsad ayolning atrofdagilar tomonidan hurmat qilinishidadir, deb ochiq-oydin aytilgan-ku. Hijob ayolning nomidan atrofdagilarga «Meni inson sifatida hurmat qil, shahvatni qondirish omili sifatida emas» deb turadi, deb yozadi «IslamToday». Bilqis xonim hijob kiyishda bir lahza ham ikkilanmaganlarini aytadilar. «Menda xavfsizlik muammosi bo’lmagan. Men bu haqda hech qachon o’ylab ham ko’rmaganman», - deydi u. «Bu Allohning farzlarini ado qilish masalasi edi. Men Islomni qabul qilib, uning yarmigagina rioya qilib, bahtli bo’la olmas edim ahir. Men yo muslima bo’lib, shariat ahkomlariga eng to’liq tarzda amal qilishim yoki avvalgi holimda qolishim kerak edi». «Mening bu libosim menga ham, atrofdagilarga ham mening kimligimni, ahloqimni, dinimni eslatib turadi, - suhbatga yana qo’shiladi Deniel'son xonim. - Bu eng oliy maqom xavfsizlikdir. Bu tafakkur va sog’lom qalbdir. Alloh Taologa hamdu sanolar bo’lsin!» Amel' S. Abdulloh – adiba, publitsist, tarjimon. Salomatlik, fan, tehnologiyalar, madaniyat, tarih, tilshunoslik va maorif mavzularidagi 200 ortiq maqola muallifi Manba: Hidoyat.org
|