Fan hijobning foydali ekanligini tasdiqladi



Muslimalar hijobda o’zlarini «himoyalangan», «xavfsiz» va «muhtarama» deb his qilishlarini aytar edilar (hijob – Islom dinida ayollarga farz qilingan kamtarona libos bo’lib, ularning go’zalligini, badanlarini va qaddi qomatlarini begona ko’zlardan to’sib turadi). Endi esa buning ilmiy tarzda isbotlangan hikmati borligi aniqlandi.

Psiholog Syuzan Fiske hamda Prinston universitetining bir guruh tadqiqotchilari sog’lom erkaklar bosh miyasini magnit-rezonansli tomografiya vositasida tekshirib ko’rishdi. Tekshirilayotgan erkaklarga yarim yalang’och hamda to’liq kiyingan erkak va ayollarning bir qator fotosuratlari ko’rsatib turildi. Badanlari ochiq ayollarni ko’rgan erkaklarda aniq va ochiq-oydin qo’zg’alish kuzatildi. Suratdagi ayollarning badani qanchalik ochiq bo’lsa, erkaklar bosh miya po’stlog’ining old motor hududi hamda o’rta chakka qismining orqa tomonida (premotornaya kora golovnogo mozga i zadnyaya chast' sredney visochnoy borozdi) qo’zg’alish shuncha kuchli bo’ldi. Ma’lumki, miyaning bu qismlari asbob-uskunalar bilan ishlar, qo’llarning harakati va umuman biror amalga undash kabi hatti-harakatlarni boshqaradi (Sikara, Del'-Amor).

«Go’yo erkaklar shu zahoti o’zlarida bu ayollarga nisbatan uyg’ongan istak-hohish haqida o’ylay boshladilar», - dedi Fiske xonim 12-16 fevral' kunlari Chikagoda bo’lib o’tgan Amerika fanni rivojlantirish uyushmasining har yili bo’lib o’tadigan uchrashuvida. «Ular bu fotosuratlarga odamlar jonli jismlarga qaragandek qaradilar», - deydi u (Nikolson).

Erkaklarning o’zlashtirish qobiliyatlari sinab ko’rilganda, ular cho’milish kiyimlarini kiygan ayollarning yuzlari ko’rsatilmagan suratlarini boshqalarga ko’ra yahshiroq eslab qolganlari ma’lum bo’ldi, vaholanki ular bu suratlarga bor-yo’g’i bir lahza ko’z tashlagan edilar, holos (Landau).

Fiske xonim o’z guruhi bilan erkaklarning ayollarga nisbatan adovat kayfiyatini ham sinab ko’rdi. Ma’lum bo’ishicha, tajovuzkorroq erkaklar cho’milish kiyimidagi ayollarning suratlarini tomosha qilayotganda ularning miyasidagi o’z fikrini va boshqalarning hissiyotlarini o’ylab ko’rishni (oddiy qilib aytganda, o’ylab ish qilishni) boshqaruvchi hududlarda faoliyat eng kam bo’lgan.

«Bu paytda erkaklar ayollarning aqli haqida o’ylab ham ko’rmas ekanlar», - deydi Fiske xonim (Sikara, Del'-Amore, Landau).

Hullas, erkaklar o’zlarining jozibasini bo’rttirib ko’rsatuvchi ayollarni insoniylikdan uzoqroq deb qabul qilar ekanlar.

Fiskening «IslamOnline»ga taqdim qilgan maruzasiga ko’ra, erkaklarning atrofdagi voqelikni fahmlab olish tizimi tormozlanib qolsa, ular shahvoniy hislarni qo’zg’atuvchi ayollarning insoniylik darajasini past deb qabul qilar ekanlar (Sikara).

Fiske xonimning aytishicha, insonda boshqa bir kishi haqda bunday yomon taassurot hosil bo’lishi laboratoriya tadqiqotlarida kam uchraydigan holdir. Bunga o’hshash holat faqat bir marta - yaqinda «National Geographic»da chop etilgan maqolada qayd etilgan edi. Unga ko’ra, tajribada ishtirok etgan kishilarga daydilar va narkomanlarning fotosuratlari ko’rsatilganda ularda nafrat va ijirg’anish hislari uyg’onganligi kuzatilgan (Del'-Amore).

Erkaklar yarim yalang’och ayollarning suratini ko’rganda uysiz daydilarni ko’rgandagidek holatga tushmadilar. Aksincha, tadqiqotlar bu erkaklarning fotosuratdagi cho’milish kiyimi kiygan ayollarni «itarib yuborgisi», «qo’liga olgisi», «tutib olgisi» kelganligini qayd etdi (Del'-Amore, Landau).



1 2 3 next