Dunyodagi eng baxtli kelin!



-         Ha;

-         Ismi nimadir?

Hayo va iffatni yo’qotmagan holda,ayni paytda aytilishi kerak bo’lganligi uchun ovozlari titrab, past ovozda yerga qarab

-         Xizmatkoringiz bo’lmish –Xadicha, deb javob berdi.

Mana shu suhbatdan keyin ko’p o’tmay, ya’ni ertasi kuni Xadichaning amakilari Navfal bin Varaqa Zamzam bulog’I va Maqom Ibrohim orasida turib baland ovoz bilan bunday dedi:

-         Ey arab qabilasi! Makkaning eng badavlat xonimi Xadicha hammangizni guvohligingizda aytyaptiki, o’zi va barcha mol-mulki, shuningdek barcha kanizaklariyu g’ulomlari  bundan buyon Muhammad-Aminnikidir.  Bu hamma hadyalar unga bo’lgan muhabbat va vafosining bir nishonasidir.

Usha  paytgacha arab lar orasida badavlat ayolning o’z molini eriga bag’ishlashi urf bo’lmagan hol edi. Shuning uchun Abu Jahl yuqoridagi gaplarni eshitgandan keyin Muhammad (saov) ga hasad qilib bunday deb baqirdi:

-         Ey qavmi arab! Shu paytgacha qabilamiz orasida erkaklar ayollariga mahr berar edilar. Buni qarangki, muhammadga kelganda, u emas, ayoli u uchun mahr berar ekanda!

Shunda olomon ichidan paygambarimizning amakilari Abu Tolib Abu Jahlga qarata bunday dedi:

-         Nimalar deyapsan ey kaltafahm! Muhammadga o’xshagan pok va dono yigitlar uchun odamlar ham qizini va ham mahrini ayashmaydi. Ammo senga o’xshagan nodonlar uchun esa, odam qizini berish u yoqda tursin, hatto sen bergan hadyangni ham qabul qilgisi kelmaydi.

Shunday qilib nikoh Xadichaning uyida o’qildi: Muhammad (saov) va Xadicha (r.a) bir-birlariga tan mahram bo’ldilar. Xadicha bu nikoh evaziga dunyodagi katta qasru-saroyga ega bo’lmadi, balki aksincha bor mol-davlatini islom yo’lida bag’ishladi, ammo uning evaziga Allohning aziz bandasining tan mahrami va oxirat qasrini qo’lga kiritdi.  Shuning uchun uni haqli ravishda dunyodagi eng baxtli kelin deb barilla ayta olamiz!



back 1 2