Dunyodagi eng baxtli kelin!



Bundan 1458 yil burun hazrat Muhammad (saov) va hazrat Xadicha (a.s) larning mushtarak umrlari boshlangan edi.  Rasuli akram  (saov) hijratdan 28 yil oldin hazrat Xadichaga uylangan edilar. Hammasi esa bir tijorat safaridan keyin boshlangan edi.  Usha safarda hazrat Muhammad (saov) Xadicha onamizning sarmoyalari bilan tijoratga ketgan edilar va natijada kutilganidan ham ortiq foyda bilan qaytgan edilar.  Hazrat Xadicha usha zamonda omonatdorlik va sadoqat bilan mashhur bo’lgan Muhammad-Amin (saov) ga ishonch bildirgan edilar va bu ishda adashmagan ekanliklari tez orada ma’lum bo’ldi. Keyinchalik hazrat Muhammad (saov)payg’ambar bo’lganlaridan keyin birinchi bo’lib ul zotga iymon keltirgan odam ham ana shu Xadicha onamiz bo’ladil;ar. Mo’minlar onasi nafaqat rasulullohga iymon keltirdilar, balki islomni yoyish uchun qo’llaridagi bor yo’q boyliklarini ayamay sarfladilar.

Payg’ambarimiz yosh yigitlik davrlarida Makka aholisi orasida pokdomonlik, iffat, rostgo’ylik va omonatdorlik bilan shuhrat qozongan edilar. Shuning uchun ul zotni hamma Muhammad-Amin deb atay boshlashgan edi. Ana shunday kunlarning birida Makkaning ko’zga ko’ringan badavlat ayollaridan bo’lmish Xadicha (r.a) yahudiy donishmandlaridan biri bilan suhbatlashib o’tirar edi. Nogahon ularning yonidan kelishgan, xushbichim Muhammad-Amin o’tib qoldi. Haligi yahudiy olim usha nurli yigitni ko’rsatib  “Mana shu yigit kelajakda  oxirgi payg’ambar bo’ladi. Bu yigit bilan turmush qurgan ayol qanchalik xushbaxt ayoldir!” dedi.  Mana shu voqeadan keyin Makkaning kozga ko’ringan badavlat ayoli hazrat Xadicha eshitgan gaplari nechog’lik to’griligi haqida ko’p o’ylaydigan bo’lib qolgan edi. Shunday kunlarning birida hazrat Xadicha o’z g’ulomlarini Muhammad – Amin (saov) yoniga yubordilar: Xadicha hazratlari Shom o’lkasiga tijorat karvonini jo’natmoqchilar, siz anashu karvonda tojir sifatida ishtirok qilishga rozimisiz? Hazrat qabulk qildilar va birinchi tijorat safarlaridan yuzlari yorug’ holda qaytib  keldilar. Xadicha hazratlarining Maysara ismli g’ulomlari ham bu safarga ketgan edi, u safardan qaytgach, u yerda bo’lib o’tgan voqealar haqida gapirib berdi:

Samuma shahri yaqiniga yetkanimizda bir rohibning yaqinida dam olishga to’xtagan edik.  Muhammad bir katta daraxtning tagiga borib o’tirdi.  Haligi Nasturo ismli rohib shoshib bizning oldimizga keldi-da -  Daraxtning tagida dam olayotgan anavi yigit kimdir? -deb so’radi.  Bizlar – Quraysh qabilasidan Haramdan kelgan-deb javob berdik.  Haligi rohib hayajonlanib bunday dedi: Allohga qasam ichib aytamanki, hozirgacha bu daraxtning tagida faqat payg’ambarlargina dam olishgan.

Maysaraning hikoyasini eshitgan hazrat Xadicha hayajonini yashira olmay o’z amakisi Navfal bin Varaqa oldiga bordi. Bu odam ilmli va taqvoli kishi bo’lgani uchun ham Xadicha onamiz aynan ana shu amakilarining oldigaborgan edilar. Varaqa bin Navfal bunday deb javob berdi.

- Agar sen aytganlaring rost bo’lsa, u holda va’da berilgan oxirgi paygambar Muhammad bo’lib chiqadi. Nega deganda kitoblarimizda uning ba’zi sifatlari keltirilgan bo’lib, sen aytayotgan voqealar ham  u yerda zikr qilingandir. (سيره ابن‏هشام، ج1ØŒ ص203)

Bu gaplarni eshitgan hazrat Xadicha (r.a) Muhammadning risoladagi eng komil umr yo’ldoshi bo’lishligiga shak qilmadi. Ha, yosh Muhammad (saov) endi uning butun fikru-zikrini qamrab olgan edi. U qanday qilib ko’hglidagini Muhammad (saov) ga aytishini o’ylay boshladi.  O’ylab oxiri bir to’xtamga keldi. Xadicha o’zining bir g’ulomini unikiga yuborib hazrat Muhammad (saov) ni chaqirtirdi. Muhammad –Amin Xadichaning huzuriga yetib keldi. Xadicha unga qarab shunday deb gap boshladi;

-         Siz uchun bittasini umr yo’ldoshingiz bo’lsin deb tanlab qo’ydim.

-         Men uni taniymanmi?-deb so’radi;



1 2 next