Baxtli bo’lishning 16 qoidasi9-qoida Tanganing ikkala tarafini kop’ra biling! Bizlar hamisha hayotni quvonchlardan iborat bo’lishi kerak, deb hisoblaymiz, bu esa xato fikrdir. Hayotda hamisha xursandchilik bo’lavermaydi, balki hafagarchilik ham bo’lib turmay iloji yo’q. Boshqa so’z bilan aytadigan bo’lsak, hafagarchilik bo’lmasa xursandchilik nima ekanligini bilmas edik. Shunday ekan hayotning pastu-balandliklardan iborat ekanligini qabul qiling, shunda baxtni tuya oladigan bo’lasiz. 10-qoida Odamlar bilan muomala qilishni o’rganing! Tahqiqotlar ko’rsatishicha, dunyodagi baxtli odamlar bu muomalasi yaxshi va ko’pchilik bilan raftu-omad qiladigan insonlardir. Sizning nechta do’stingiz bor? Ul;arning sonini ko’paytiring, do’st va oshna-og’aynilari ko’p inson o’zini baxtli his qiladi. 11-qoida Birovni qanchalik ko’proq yaxshi ko’rsangiz, shunchalik baxtliroq bo’lasiz! Odamlarga ko’proq muhabbatli bo’ling, shunda baxtiyorlik hissingiz ham ortadi! Atrofingizdagilarga, ya’ni yaqinlaringiz, qon-qarindoshlaringizga, tabiatga, qo’ni-qo’shnilarga, hamkasblaringizga, sinfdoshlaringizga … xullas barcha atrofingizdagi o’rab turgannarsalarga muhabbatli bo’ling, shunda baxtning lazzatidan bahramand bo’la olasiz. 12-qoida Orzu qilishni biling! Insonning orzulari uni harakatga soluvchi va yo’naltiruvchi qanotdir. Orzu qiling va orzularingizga yetishga intilib yashang. Nima haqida orzu qilasiz? Shular haqida erinmay o’tirib yozib chiqing, so’ngra orzularingiz ushalishi uchun nimalar qilishingiz zarurligini rejalashtirib chiqing. Sizdaka baxtli odam bu dunyoda yo’qdek tuyuladi. 13-qoida Kelajakdan yaxshilikni ko’zlang! Ishoningki, kelajagimizni qanday oldindan ko’rsak, ushanday bo’ladi. Ishim inshaalloh o’ngidan keladi, muvaffaqiyatlar meni ko’zlayapti desangiz, xuddi shundau bo’ladi. Shuning uchun hech qachon yomon fikrlarga bormang, yaxshilikni ko’zlab reja bilan olg’a qarab harakat qiling. 14-qoida Oddiy narsalardan ham quvonishni o’rganing! Ko’chalarda yurganingizda tabiat go’zalligidan zavqlanishni biling, har bir kichik bo’lsa-da yaxshilikdan bahramand bo’lishni biling. Laziz taom yeganingizda, gullarga va yoki biron yosh bolaning shiringina chehrasini ko’rganingizdaquvonishni unutmang. Bularning hammasi sizni baxtli qilishga xizmat qiluvchi omillardir. 15-qoida Hayot qanday bo’lsa,shundayligicha qabul qiling! Ko’pincha hayotimizni bor narsaga qarshi kurashishga sarflaymiz. Uning o’rniga ana shu bor narsani mavjud deb qabul qilganimiz yaxshiroq. Agar haqiqatni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilishni o’rgansak baxtli bo’la olamiz. O’zimizni yolg’on bilan ovutmasdan haqiqatga tik boqishni bilish kerakdir. 16-qoida Badan tarbiya bilan shug’ullanish va to’gri ovqatlanish! Sizning qanchalik baxtli ekanligingiz badaningiz qudrati bilan ham bog’liqdir. Shuning uchun badaningizni salomat saqlashga ahamiyat bering. Kuniga qirq daqiqa piyoda kezishni kanda qilmang, pishloq, baliq va yong’oq iste’mol qilishni unutmang! Bergan nasihatlarimiz sizlarga foydali bo’ladi, hamda fikr-mulohazalaringizni bizga bildirasiz deb umid qilib qolamiz.
|