Baxtli bo’lishning 16 qoidasi



Bizlar hayotimizda ko’pincha pillapoyaning o’rtasigacha ko’tarilib olib, yo’lni davom ettirishga kuchsiz holda to’xtab qolganimizni ko’ramiz. Ammo siz pillapoyaning quyirog’ida, ammo komil ishonch bilan yuqoriga ko’tarilish qudrati borligini his qilgan holatda turing. Shunda hayotda o’zingizni ancha baxtli his qilasiz.

5-qoida HIssiyotlarga ortiqcha berilmang!

Bir narsani unutmangki, sizning hissiyotlaringiz bu siz emas, faqat hissiyotlaringizdir xolos. Shuning uchun agar ortiqcha asablashsangiz yoki tushkunlikka uchrasangiz, avvalo yaxshilab o’ylab ko’ring, bu hissiyotlarga berilmaslikning iloji bormiyoki yo’qmi. Ishoning ko’pincha bu hissiyotlar arzimagan narsalardan kelib chiqadi va unga berilishning hech hojati yo’q. shunda baxtingizni his qila olasiz.

6-qoida Odamlarga yaxshilik qiling!

Odamlarga yaxshilik qilishning hamisha ikki tarafli naïf bor. Birinchidan birovga  yaxshilik qilgan odam yengil bo’lib, o’zini chinakamiga baxtli his qiladi, ikkinchidan, yaxshilik ko’rgan odam bu ishdan baxtli bo’ladi.

Yaxshilik qilishga oddiy ishlar ham kiradi. Masalan birovga tabassum qilish, eshikni ochib berish, qo’lidagi nartsani ushlab turish, yoki qo’lida yuki bor odam uchun eshik qo’ngirog’ini bosib berish… qilgan yaxshiliklaringiz uchun savob olishingizdan tashqari xushbaxt bo’lish lazzatini ham totib ko’rasiz. Tajribangizda sinab ko’ring.

7-qoida Bugungi kunni unutmang, baxt hozir yoningizdadir!

Ko’pchilik insonlar yo o’tmish kunlari xotirasi bilan yashaydilar va yoki ertangi kunning orzulari bilan kun kechirishadi. Vaholanki, haqiqiy mavjud zamon bu bugungi kuningizdir. Bugungi kunning borligidan lazzatlaning va o’zingizni bugun baxtli qilishga ruining.

8-qoida Hadeb mol-dunyo yig’avermay, hayotingizni unumli o’tkazishga harakat qiling!

Yig’iladigan mol-dunyo insonni juda qisqa muddatga xursand qilishi mumkin. Shuning uchun zarur bo’lmagan narsalarni yig’ishdan ko’ra kunlaringizni mazmunli o’tkazishga harakat qiling. Masalan, pulingizni biror yerga safar qilishga sarflang. Ham yangi hayot tarsi bilan tanishasiz va ham dunyoqarashingiz ancha kengayadi. Bu esa o’z navbatida sizni o’zingizning baxtli deb hisoblashingizga ko’maklashadi.



back 1 2 3 next