KECHIRIMLIK BO’LAYLIK!Kechirimlilikning fiziologiyasi mavjud ... Siz kechirmasangiz, u sizni yamlab yutadi. Harvard Gazette gazetasida chop etilgan «Jahl yuragingiz dushmani» nomli maqolasida jahl yurakka o‘ta zararli ekanligi ta'kidlangan. Tibbiyot bo‘yicha assistent Ichiro Kavachi va uning guruhi buni turli testlar va o‘lchovlar bilan ilmiy jihatdan isbotlab berdi. Ularning tadqiqoti natijasiga ko‘ra, har doim noliydigan keksalarda ularning yaxshi kayfiyat bilan yuradigan tengdoshlariga nisbatan uch marta ko‘p yurak xastaligiga chalinish xavfi borligi aniqlandi. «Xavfning uch karraligida,» deydi Kavachi, «jahlning yuqori darajalari, narsalarni chil-chil sindirish va urishganda kimgadir shikast yetkazish istagini o‘z ichiga olgan portlovchi jahl ishtirok etadi.» Tadqiqotchilar shu narsaga aminki, stress garmonlarining chiqishi, yurakning mushak hujayralari tomonidan kislorodga bo‘lgan talabning oshishi va tromb (qonning ivib qolishi) ni keltirib chiqaradigan qon plastinkalaridagi yopishqoqlikning oshishi, bu esa «o‘z navbatida» yurak-qon tomirlaridagi qonning harakatini susaytirib, yurak miokardining oziqlanishini buzishi - bularning hammasi jahl qanday qilib yurak xurujini tezlashtirishini tushuntirib beradi. Bundan tashqari, jahl chiqqan paytda tomir urish tezligi odatdagidan ko‘proq bo‘ladi va u arteriya qon tomirlarida katta qon bosimlarini keltirib chiqaradi hamda yurak xurujining boshlanishiga ko‘proq xavf tug‘diradi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, jahl va adovat qondagi yallig‘lanish bilan bog‘liq oqsillarni ishlab chiqarishni ham boshlashi mumkin. Psychosomatic Magazine (Psixosomatik tibbiyot) jurnalining ta'kidlashicha, hissiyotga berilish yallig‘lantiruvchi oqsillarning ishlab chiqilishini yuzaga keltiradi. Bu, o‘z navbatida, arteriya qon tomirlarining qattiqlashishini, yurak og‘rig‘ini va miyaga qon quyulishini keltirib chiqaradi. Shimoliy Karolina shtatidagi Dyuk universiteti Tibbiy markazida faoliyat ko‘rsatuvchi professor Eduard Suarezning fikriga ko‘ra, interleykin 6 oqsili jahldor va ruhan siqilgan erkaklarda ancha yuqori bo‘ladi. Interleykin 6 yuqori qon darajasi ateroskleroz - arteriya qon tomirlari devorlarining ichki tomonida yog‘li qatlamning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Suarezning aytishicha, yurak xastaligi chekish, yuqori qon bosimi, juda semizlik va yuqori xolesterin kabi omillar bilan birga, ruhiy tushkunlik, jahl va adovat kabi psixologik vaziyatlarga ham bog‘liqtsir. The Times gazetasida chop etilgan «Jahl yurak xuruji xavfini oshiradi» nomli boshqa bir maqola serjahllik yurak xurujiga olib boruvchi eng qisqa yo‘l bo‘lishi mumkinligi va achchiqlanib stressga tushadigan yosh erkaklar bemavrid yurak xastaligiga uch marta ko‘proq chalinishi mumkinligi hamda besh marta bevaqt yurak xurujini orttirishi mumkinligini ma'lum qiladi. Merilend shtati, Baltimor shahridagi Jon Hopkins universiteti olimlari jizzaki, jahldor erkaklar hatto ularning oila tarixida yurak xastaligi qayd qilinmagan bo‘lsa ham, yurak xuruji xavfi ostida ekanliklarini aniqlashdi. Mavjud barcha tadqiqotlar jahlning ruhiy bir holat ekanligini, uning inson sog‘ligiga jiddiy shikast yetkazishini tasdiqlaydi. Aksincha, kechirimlilik, hatto u odamlarga og‘ir botsa ham, quvontiradigan, yuqori darajali axloqiy ko‘rinish bo‘lib, jahlning barcha zararli oqibatlarini bartaraf etadi va kishiga ham ruhan, ham jismonan sog‘lom hayot kechirish uchun yordam beradi. Kechirimlilik xulqning bir shakli bo‘lib, kishi u orqali o‘z sog‘ligini yo‘qotmasligi mumkin va u hammaning qalbida bo‘lishi kerak bo‘lgan ezgu xislatdir. Biroq kechirimlilikdan haqiqiy maqsad har qanday holatda ham Allohni shod etadigan bo‘lishi darkor. Bunday odobning fazilati va uning ilmiy jihatdan e'tirof etilgan foydalari Qur'onning juda ko‘p oyatlarida nozil qilinganki, bu Qur'onda mavjud ko‘plab donolik timsollaridan bir shingil, xolos. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Jennifer Desay, «Stanford Forgiveness Project’s Dr. Frederic Luskin studies why learning to forgive might be good for the body as well as the soul» (Stanford Kechirimlilik loyihasidagi Doktor Laskin nima uchun kechirimlilikni o‘rganish tana hamda qalb uchun yaxshi bo‘lishi mumkinligini tadqiq qiladi), Almanac, (Almanax) 9 iyun, 1999; www.almanacnews.com/morgue/1999/1999_06_09.forgive.html 2.Fredrik Laskin, f. f. d. , «Forgiveness» (Kechirimlilik), Healing Currents Magazine, sentyabr-okgyabr, 1996; www.stanford.edu/~alexsox/4_steps_to_forgiveness.htm 3.Klaudiya Kalb, «Faith & Healing» (Imon va sog‘ayish), Newsweek, 10 noyabr, 2003; http://msnbc.msn.com/id/3339654/site/newsweek 4.Uilyam J. Kromi, «Anger is Hostile to Your Heart» (Jahl yuragingiz dushmani), Harvard Gazette; www.news.harvard.edu/gazette/1996/11.07/AngerisHostileT.html 5.Piter Lavell, «Anger trigger to heart disease found?» (Jahl yurak xastaligini keltirib chiqaradi?), ABC Science Online, 5 avgust, 2003; www.abc.net.au/science/news/stories/s915243.htm 6.Mark Henderson, «Anger Raises Risk of Heart Attack» (Jahl yurak xuruji xavfini oshiradi), The Times, London, 24 aprel, 2002; www.rense.com/general24/anger.htm www.Hidoyat.com saytidan oldik.
|