KECHIRIMLIK BO’LAYLIK!



Dindorlarning  kechirimliliklari  Qur'on odob-axloqqoidalari asosida yashamaydigan odamlarnikiga nisbatan juda katta farq qiladi. Hattoki ko‘pchilik odamlar o‘zlarini hafa qilgan kishini «kechirdim» deb aytishlari mumkin-u, biroq shunday bo‘lsa ham, ular o‘z yuraklaridagi nafrat va g‘azabdan uzoq vaqt davomida qutula olmay yuradilar. Ularning xulqi bu g‘azabni ifoda etishga moyildir. Aksincha, dindorlarning kechirimliligi samimiy bo‘ladi. Chunki ular inson zoti bu dunyoda bir sinov ekanligini va ular o‘z xatolaridan o‘rganishini, ular o‘zlarining bardoshli va rahmli ekanliklarini biladilar. Bundan tashqari, ishonuvchilar hatto o‘zlari haq, boshqalar esa nohaq bo‘lgan paytlarda ham kechirib yuborish xislatiga egadirlar. Kechirayotgan paytda ular katta va kichik xatolar o‘rtasidagi farqqa e'tibor bermaydilar. Kimdir xato qilib, ularga katta talafot yetkazishi mumkin. Biroq iymon egalari hamma narsa Allohning amri va ma'lum bir taqdir taqozosi bilan sodir bo‘lishini biladilar va shuning uchun ham ular bunday holatlarda jahlga yon bermasdan, o‘zlarini qo‘lga ola biladilar.

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, amerikalik olimlar kechira olish qobiliyatiga ega bo‘lganlar ham ruhan, ham jisman sog‘lomroq bo‘lishini aniqlashdi. Stendford universitetidagi Psixologik maslahat va salomatlik markazida faoliyat ko‘rsatuvchi filosofiya fanlari doktori Fredrik Laskin va uning guruhi San-Francisko shahrida yashovchi 259 odamni o‘rganishdi. Olimlar tadqiqot sub'ektlariga oltita bir yarim soatlik sessiyada qatnashishni taklif qildilar va suhbat davomida sub'ektlarni kechirimlilikka o‘rgatishni maqsad qilib qo‘ydilar.

Tajriba sub'ekglari ularga yomonlik qilgan odamlarni kechirganlaridan so‘ng kamroq azob chekkanlarini ta'kidlashdi. Tadqiqot kechirishni o‘rgangan odamlar o‘zlarini nafaqat hissiy, balki jismoniy tomondan ham yaxshiroq his qilganliklarini isbotladi. Misol uchun, bu tajribalardan so‘ng stress bilan bog‘liq ensa og‘rig‘i, uyqusizlik va oshqozon og‘rig‘i kabi psixologik va jismoniy alomatlar bu shaxslarda sezilarli darajada kamayganligi aniqlandi.

Doktor Fredrik Laskin o‘zining «Umrbod kechiring» deb nomlangan kitobida kechirimlilikni sog‘liq va baxtiyorlik uchun isbotlangan retsept deb ifodalaydi. Kitob kechirimlilik qanday qilib jahl, alam, ruhiy tushkunlik va stresslarni kamaytirish evaziga umid, sabr va o‘ziga ishonch kabi ijobiy xislatlarni uyg‘otishini tasvirlaydi.

Doktor Laskinning aytishicha, ko‘ngilda tugib qo‘yilgan jahl shaxsda kuzatiladigan jismoniy ta'sirlarni keltirib chiqaradi. U yana o‘z fikrini quyidagicha davom ettiradi:

Biz ko‘rdikki, uzoq davom etgan hodisa yoki hal kilinmagan jahl ichki termostatni ishga soladi. Siz jahlning past darajalariga doimiy o‘rganib qolganingizda, siz nima normal-u nima nonormal ekanligini bilmay qolasiz. Bu odamlar o‘rganib qoladigan qandaydir bir adrenalin bosimni yuzaga keltiradi. U tanani yondiradi va vaziyatni keskin-lashtirib, tinikroqfikrlashga kiyinchilik tug‘diradi.

Bundan tashqari, Doktor Laskin jahl va stress davomida tana ma'lum fermentlarni ishlab chiqqandan so‘ng, xolesterin va qon bosimi ko‘tariladi va bu tanani uzoq muddat ushlab tura olmaydi deb ta'kidlaydi.

Healing Currents magazine jurnalining 1996 yilgi sentyabr-oktyabr sonida chop etilgan «Kechirimlilik» nomli maqola biror shaxs yoki hodisaga qaratilgan jahl odamlarda salbiy hissiyotlar uyg‘otgani va ularning hissiy muvozanatlariga hamda ularning jismoniy sog‘liqlariga putur yetkazganini ma'lum qiladi. Maqola, shuningdek, odamlar bir oz fursat o‘tgandan so‘ng jahl ularga ko‘ngilsizlik olib kelishini tushunib yetishi va munosabatlarga yetgan zararni tuzatishni xohlab qolishlari haqida ham yozadi. Shundan so‘ng ular kechirish choralarini ko‘rishadi. Maqola yana odamlar chidashga to‘g‘ri keladigan barcha narsalarga qaramasdan, ular hayotidagi qimmatli onlarni jahl va tashvishga sarflashni istamasligi va o‘zlarini hamda o‘zgalarni kechirishni afzal ko‘rishi haqida so‘z yuritadi.

1500 odamni qamrab olgan boshqa bir izlanishda ruhiy tushkunlik, stress va ruhiy xastaliklar dindor odamlarda kamroq uchrashi kuzatildi.

Doktor Herbert Benson buni dinlarning «kechirimlilik»ni targ‘ib qilishiga bog‘laydi va shunday deydi:



back 1 2 3 4 next