HAZRAT ALI (A.S) NAZDIDA NAMUNALI YOSHLAR



Hazrat Ali (a.s) fitnaning yomon tomonlariga ishora qila turib bunday deydi:

فاذا کان ذلک کان الولد غیظا ؛ -- نهج البلاغه،خطبه233

“Fitna kuchaygan paytda farzandlar bag’ri tosh bo’lib qoladilar.”

Albatta toshbagirlik nafaqat yoshlar uchun balki katta yoshli odamlar uchun ham salbiy xislat hisoblanadi. Ammo yoshlarning qiziqqonligi va jismonan quvvatga to’lganligini hisobga oladigan bo’lsak, uning ayniqsa yoshlarga xatali ekanligini anglab yetishimiz mumkin.

·      Ota-onaga itoatsizlik qilmoq

Farzand nafaqat ota-onasi qarshisida balki, o’z  aka-opasining qarshisida ham itoatli bo’lmoqligi kerakdir. Hazrat Ali (a.s) bunday deydi:

شرالاولاد العاق ؛ -- غررالحکم، ج 2، ص 576

Eng yomon farzand itoatsiz farzanddir.

Ba’zi yoshlar ayniqsa ota-onalari besavod yoki tashqi ko’rinishi sodda bo’ladigan bo’lsa o’z ota-onalaridan uzoq bo’lishga intiladilar. Bunday intilish esa qabih va hunuk ishlardan hisoblanadi.  Har bir farzand o’z ota-onasi bilan ular qanday bo’lishlaridan qat’iy nazar faxrlanishlari zarur, ularga hamdardu hamdil bo’lishlari kerak. Hazrat Ali (a.s)ning aytishicha:

من استنکف من ابویه فقد خالف الرشد -- غررالحکم، ج 2، ص 576

O’z ota-onasidan ajralib ular bilan ixtilof qiladigan farzand kamolot sari yo’nalishdan to’xtab qoladi. (G’urarul hikam; 2-jild; 57646-bet;)



back 1 2 3