HAZRAT ALI (A.S) NAZDIDA NAMUNALI YOSHLAR



Risoladagidek bo’lgan yoshlar qanday xususiyatlarga ega bo’lmoqligi kerak?

·      Solih bo’lmoq

G’urarul hikam ikkinchi jild 575 –betida bunday deyilgan:

الولد الصالح اجمل الذکرین؛

Ya’ni “Solih farzand ota-onasidan qoladigan eng yaxshi yodgorlikdir”. Shunday ekan, solih farzand tarbiyat qilishga harakat qilmoq kerakdir.

·      Nasihat beruvchi bo’lmoqlik. Yoshlar o’zlarining sho’x tabiatlariga qaramay agar nasihat qila oladigan bo’lsalr, bu ular uchun juda yaxshi imtiyoz hisoblanadi. Hazrat rasuli akram (saov) hadisi shariflarida bunday deyilgan:

       خیر شبابکم من تشبه بکهولکم Ø› -- میزان الحکمه، ج 5،ص6

Ya’ni “Yoshlaringiz orasidagi yaxshilaringiz qariyalarga ko’proq o’xshaganlaringizdir”.

Bu hadisdagi qariyalarga o’xshashlik deganda hissiyotga ortiqcha berilmoqlik, oqillik, bama’nilik, og’ir-bosiqlik kabi xislatlarga ega bo’lmoqlik nazarda tutilgandir. Ya’ni yuqoridagi xislatlarga ega bo’lgan yoshlar yoshlardan ko’ra ko’proq yoshi ulug’ odamlarga o’xshaydi. Shuningdek katta yoshli odamlarning yana bir xislati – bu nasihat berish qobiliyatidir.

·      Otasiga mute’ bo’lmoq



1 2 3 next