Imom Ali ibn Abi Tolib (a.s)



shu narsa diqqatga sazovorki, yuqoridagi so`zlarni aytishdan avval bunday marhamat qildilar:

men sizlar uchun o`zlaringizdan ko`ra haqdorroq emasmanmi? Shunda hamma “xuddi shunday, yo Rasululloh (S.A.O.V) “-deyishdi.

Demak , mavlo so`zi bu yerda “rahbar”dir. (do`st ma`nosi emas, chunki hamma musulmonlar Payg`ambarimiz(S.A.O.V) ga do`stdir, na faqat Ali) .

Yuqoridagi hadis (G`adir hadisi bilan mashhur) mutavotirdir. Uni shia olimlaridan tashqari ahli sunnat ulamolari  (360 donishmand) naql qilganlar. Abu Ja`far Tabariy (buyuk tarixchi) bu hadisning sanad va tariqini ikki jildli kitob shaklida yozgan.

Batafsil ma`lumot uchun “Alg`adir” kitobiga murojat qilinsin.

Qur`oni Karimning o`zida Alining valiy ekanligiga dalolat qiluvchi oyat bor:

Sizlarning voliyingiz faqat Alloh, uning Rasuli va hatto ruku`da turgan holatida ham zakotini ado etuvchi mo`mindir. Moida surasi; 55-oyat

Ahli sunnatning sahihlarida keltirilgan hadislarda aytilishicha bu oyati sharifa hz. Ali haqlarida nozil bo`lib, u kishi Ruku` qilayotganlarida tilanchiga barmoqlaridagi uzukni berganlar (namoz o`qiyotganlarida barmoqlarini qimirlatib, imlab “uzukni ol”-deganlar). Shunda yuqoridagi oyat nozil bo`lgan, shuning uchun shialar Alini Valiyulloh deb biladilar.

Hazrat Ali bin Abi Tolib xalifalik davri tahminan besh yil bo`lib, bu davr juda o`g`ir yillar edi.  Chunki bu davrda uchta katta to`qnashuv yuz berdi. 1- Jamal langi;  2-Siffiyn jangi;  3- Nahravon jangi;  har uchta jang ham o`zini musulmon biluvchi toifalar orasida bo`lib o`tgan edi.  Jamal jangi nokesinlar jangi ham deyiladi. Nokesin degani “ahdini buzuvchi” degan ma`noni bildirdi.  Jangning bunday nomlanishiga sabab bir to`da musulmonlar hazrat Aliga bay`at qilishlariga qaramay, bay`atlarini buzib zamon xalifasi Ali ibn Abi Tolibga qarshi (Usmonning o`limining qasosini olish bahonasi bilan), yurish qilganlar va sharmandalarcha mag`lub bo`lganlar. Ularning boshchiligida “ummul-mo`minin Oyisha, Talha ,  Zubayr, Abdulloh bin Zubayrlar bo`lgan.

Siffiyn jangi Shom voliysi Muoviya va imom Ali qo`shinlari orasida bo`lib o`tgan. Muoviya zamon xalifasi Ali bin Abi Tolib hukumatiga qarshi isyon ko`targan va qo`shin to`plab jang qilgan. Uning nayranglari natijasida Alining qo`shinlari ikki guruhga bo`linib “Xavorijlar” toifasi yuzaga kelgan. Bu guruh zohiridan juda dindor ko`rinsalar ham, lekin kalta fahm va johil bo`lganlar. Ularning borligi butun islom olamiga tahdid solgani uchun, shuningdek  Aliga dushmanliklari uchun bu guruh va Ali tarafdorlari orasida “Nahravon” jangi bo`lib o`tgan. Bu jangda Ali qo`shini g`olib kelgan. Lekin tarqoq holda qolgan xavorijlar guruhi Ali bilan dushmanlik qilishni davom etirar edilar va natijada ularning biri – Abdurahmon bin Muljam Alini shahid qilgan. Bu mudhish voqea  muborak Ramazon oyining 19-kuni Hazrat bomdod namozini masjidda imom bo`lib ado etayotganlarida ro`y bergan edi. Og`ir yaralangan imom Ali (a.s)  uch kun o`tib 21-Ramazonda shahid bo`lgan.



back 1 2 3 4