Imom Ali ibn Abi Tolib (a.s)



Menga iymon keltirib meni tasdiqlaganlarga vasiyatim Ali ibn Abi Tolibni rahbar qilib olsinlar.  Kimki uni rahbari bilsa meni ham rahbar bilgan bo`ladi, kimki meni rahbari deb bilsa Xudoni rahbar deb bilgan bo`ladi. Kimki Alini sevsa meni sevsgan bo`ladi, meni yaxshi ko`rganlar esa Allohni sevajakdir.kimki Aliga dushmanlik qilsa menga dushmanlik qilgan bo`ladi, menga dushmanlar esa Allohga ham dushmandirlar.

5.  Yana Ammor Yosir rivoyat qiladi:

Rasululloh (S.A.O.V) aytdilar:

Bor Xudoyo, guvoh bo`lginki, menga iymon keltirib tasdiqlaganlar Ali ibn Abi Tolibning rahbarligini  ham tasdiqlashlari kerak bo`ladi, uning rahbarligi mening rahbarligimdir, mening rahbarligim esa Sening rahbarligingdir.

  Nega endi aynan Ali ibn Abi Tolib Payg`ambarimiz o`rinbosarlari hisoblanadi?

Yuqorida aytib o`tganimizdek shi`a etiqod qilishicha xilofat va ummatga rahbarlik qilish masalasi nususiy hisoblanadi. Payg`ambarlarni Alloh Taolo tanlaganidek xalifalar ham Xudo tarafidan tayinlanadi. Payg`ambarimiz Allohning irodasi bilan o`zlaridan keyingi rahbarlarni (to qiyomatgacha bo`ladigan) tayinlab ketganlar. Tarixning guvohlik berishicha  hz. Rasuli akram har xil munosabatlar bilan bo`ladigan xutbalarida Ali kelajakdagi ummatning rahbari ekanligini ko`p martaba ta`kidlaganlar. Quyida ba`zilarini keltiramiz.

1); Payg`ambarlik davrining boshlanishida.

Ùˆ أنذر عشیرتک الأقربین   oyati nozil bo`lganda  (“ yaqinlaringni dini Islomga da`vat qil” shuaro surasi; 214-oyat)  hz. Rasululloh o`z yaqin qarindosh-urug`larini chaqirib shunday marhamat qildilar: sizlarning orangizdan kimki menga bu ishda (dinni tarqatishda ) yordam bersa, mening o`rinbosarim bo`ladi. So`zlarining davomida qaysi biringiz menga ko`maklashsangiz, birodarim, vazirim va muovinim bo`ladi. Yuqoridagi da`vatga faqatgina hz. Ali javob berdilar. Shunda Payg`ambarimiz (S.A.O.V) Alining qo`lini tutib:

إن هذا أخی و وصیی و خلیفتی فیکم فاسمعوا له و أطیعوه

           -dedilar.



back 1 2 3 4 next