Imom Ali ibn Abi Tolib (a.s)Ali Abu Tolibning to`rtinchi o`g`li bo`lib, Fil voqeasidan tahminan 30 yil keyin tug`ilgan. Onasi- Fotima binti Asad bin Hishom bin Abdumannofdir. U juma kuni Ka`bada dunyoga kelgan. Ali olti yoshga qadar otasining uyida yashagan. Qahatchilik munosabati bilan hazrat Rasululloh (S.A. O.V) Abu Toolibga yordam bo`lsin deya Alini o`z qaramoqlariga olgan edilar. Albatta bu zot bobarakotning uyida tarbiya topgan Ali ko`p jihatdan fazilatli edi. Ali hazrat Xadichai-Kubrodan keyingi birinchi iymon keltirgan zot edi. Alining fazilatlari: 1. Ibn Abbosdan naql qilinadi. Rasululloh (S.A.O.V) bunday marhamat qildilar: Jannatga kiruvchilar va u yerda abadiy saodatdan bahramand bo`lguvchilar men kabi yashab va men kabi dunyodan o`tguvchilardir. Ular Alini mendan keyingi rahbar deb bilguvchilardir, uning do`stlarini do`st va dushmanlarini dushman bilguvchilardir. Undan keyin esa Ahli baytimning qolgan vakillariga iqtido qiluvchilardir. Ahli baytim mening ilmimdan meros olgan itratimdir, ummatimning qaysi bir vakili ularni yolg`onchiga chiqarsa yoki ular bilan ixtilofga boradigan bo`lsa – Alloh Taolo bu toifa odamlar uchun shafoatimni qabul qilmaydi. 2. Ziyod bin Mutrif Rasululloh (S.A.O.V)dan rivoyat qiladi: Kimki men kabi yashashni va o`lishni va jannatga kirishni istasa Alini undan so`ng esa zurriyotlaridan bo`lgan imomlarni rahbar qilib tutsin. Chunki ular hech vaqt zalolat vodiysiga boshlamaslar, hidoyatdan o`zga yo`lga boshlamaslar. 3. Zayd bin Arqam Rasululloh (S.A.O.V)dan naql qiladi: Kimki men kabi yashab men kabi o`lishni istasa va jannatga noil bo`l;ishni orzu qilsa, Ali bin Abi Tolibni rahbar qilib olsin, chunki u hidoyatga boshlar va zalolat vodiysiga boshlamas. 4. Ammor bin Yosir Rasululloh (S.A.O.V)dan naql qiladi:
|