MUTAFFIFIN surasi83.21 . unga (Allohga) yaqin (farishta)lar guvoh bo'lurlar. 83.22 . Albatta, yaxshilar (mo'minlar jannat) ne'matlari ichradirlar. 83.23 . Ular so'rilarda, (ne'matlarga) boqurlar. 83.24 . Ularning yuzlarida ne'matlarning tarovatini tanirsiz (ko'rursiz). 83.25 . Ularga (jannatda) muhrlangan maydan ichirilurki, 83.26 . u (may)ning muhri mushkdir. Bas, musobaqachilar mana shu (ne'mat) yo'lida musobaqa qilsinlar! 83.27 . U (may)ning mijozi tasnimdandir. 83.28 . (Tasnim Allohga) yaqin (banda)lar ichadigan bir chashmadir. 83.29 . Darvoqe, jinoyatkor (kofir)lar imon keltirgan zotlardan (masxara) qilib kular edilar. 83.30 . Qachonki, ularning oldidan o'tsalar, birbirlariga ko'z qisishib, imo-ishora qilardilar. 83.31 . Qachonki, uylariga qaytsalar, (qilmishlaridan) zavqlanib qaytardilar. 83.32 . Qachonki, ularni (mo'minlarni) ko'rsalar, "Ana ular, shubhasiz, yo'ldan ozgan kimsalardir", -derdilar. 83.33 . Holbuki, ular (mo'minlarning) ustiga qo'riqchi qilib yuborilgan emasdilar. 83.34 . Endi bugun imon keltirganlar kofirlardan kulurlar. 83.35 . Ular (jannatdagi) so'rilarda (kofirlar holiga) boqib (o'tirurlar). 83.36 . Kofirlar qilmishlarining jazosini oldilarmi?!
|