MUTAFFIFIN surasi83.1 . (O'lchov va tarozidan) urib qoluvchi kimsalar holiga voy! 83.2 . Ular odamlardan (biror narsani) o'lchab olgan vaqtlarida to'la qilib oladigan, 83.3 . ularga o'lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa urib qoladigan kimsalardir. 83.4 . Ular qayta tiriluvchi ekanliklarini o'ylamaydilarmi 83.5 . Ulug’ kun (Qiyomat)da - 83.6 . odamlar (butun) olamlar Parvardigori huzurida tik turadigan (hisob-kitob beradigan) kun-da?! 83.7 . Yo'q! Albatta, fojirlarning nomai a'mollari, albatta, Sijjiynda bo'lur. 83.8 . (Ey, Muhammad,) Sijjiyn nima ekanini qayerdan ham bilursiz? 83.9 . (U) bitilgan kitobdir. 83.10 . U Kunda inkor etuvchilar holiga voy!
|