MURSALOT surasi77.21 . So'ngra u (suvni - nutfa)ni puxta qaror (topadigan joy)da qilib qo'ymadikmi?! 77.22 . (Ya'ni, ona qornida) ma'lum muddatgacha. 77.23 . Bas, Biz (undan insonni yaratishga) qodir bo'ldik. Naqadar qudratlidirmiz! 77.24 . U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy! 77.25 . Axir, Biz yerni yig'uvchi qilib qo'ymadikmi 77.26 . tiriklarni ham, o'liklarni ham?! 77.27 . Yana Biz (Yerda) baland tog'larni (paydo) qildik va sizlarga (tog'lardan oqib tushadigan) chuchuk suvni ichirdik. 77.28 . U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy! 77.29 . (U Kunda kofirlarga deyilur): "Sizlar (dunyodalik paytingizda) yolg'on deb yurgan narsaga (endi) boringlar! 77.30 . Uch bo'lakli soyaga boringlar!
|