QIYOMAT surasi75.1 . Qiyomat kuniga qasamyod eturman. 75.2 . Shuningdek, malomatchi nafsga qasamyod eturmanki, (qayta tirilib, hisob-kitob qilinursizlar)! 75.3 . Inson uning (chirib ketgan) suyaklarini sira to'play (tiklay) olmasligimizni Bizdan gumon qilurmi?!vInson uning (chirib ketgan) suyaklarini sira to'play (tiklay) olmasligimizni Bizdan gumon qilurmi?! 75.4 . Yo'q, Biz uning barmoqlarini (ham tiklab) tekislab qo'yishga qodirmiz! 75.5 . Balki, inson kelgusida fujur (gunoh ishlarni) qilishni istaydi. 75.6 . "Qiyomat kuni qachon o'zi?" - deb so'raydi. 75.7 . Bas, (Qiyomat dahshatlaridan) ko'z qamashganda, 75.8 . oy ham tutilganda, 75.9 . quyosh va oy birlashtirilganda, 75.10 . ana o'sha Kunda inson: "(Jazodan) qochadigan joy qayerda?" - deb qolur!
|