QIYOMAT surasi75.31 . Na (Qur'on va payg'ambarni) tasdiq etdi (u) va na namoz o'qidi. 75.32 . Balki, u (Qur'onni) yolg'on dedi va (imondan) yuz o'girdi. 75.33 . So'ngra gerdayganicha o'z ahli tomon ketdi. 75.34 . (Ey, ko'rnamak inson,) holingga voy sening, yana voy! 75.35 . So'ngra holingga voy sening, yana voy! 75.36 . Inson o'zini bekor tashlab qo'yiladi deb o'ylaydimi?! 75.37 . Axir, u (bachadonga) to'kiladigan maniydan iborat bir (haqir) nutfa emasmidi?! 75.38 . So'ngra laxta qon bo'ldi. Bas, (Alloh uni) yaratib, tikladi. 75.39 . So'ngra undan juftlar - erkak va ayolni (paydo) qildi. 75.40 . Ana shu (Alloh) o'liklarni tiriltirishga qodir emasmi
|