MAORIJ surasi70.21 . Qachonki, unga yaxshilik (boylik, salomatlik) yetsa, u o'ta man etuvchi (baxil)dir. 70.22 . Faqat namozxonlar bundan mustasnodirlar. 70.23 . Ular namozlarida muntazam (davomatli), 70.24 . (topgan) mol-mulklaridan (ajratilgan) ma'lum haq borki, u 70.25 . tilanchi va mahrum kishilar uchundir. 70.26 . Ular yana jazo (Qiyomat) kunini tasdiq etuvchi, 70.27 . Parvardigorlarining azobidan qo'rquvchi zotlardir. 70.28 . Zotan, Parvardigorlarining azobidan (hech kim) xotirjam emasdir. 70.29 . Ular yana avratlarini (zinodan) saqlovchidirlar, 70.30 . illo o'z jufti halollari va qo'l ostidagilari (cho'rilari mustasnodirlar). Ular malomat qilinmaslar.
|