MAORIJ surasi70.11 . (Holbuki,) ular (bir-birlariga) ko'rsatilurlar. Jinoyatchi (kofir) u Kunning azobidan (qutulish uchun) o'g'illarini, 70.12 . xotini va birodarini, 70.13 . uni o'z panohiga oladigan qarindoshini 70.14 . va Yerdagi barcha kishilarni to'lov qilib berib, unga najot berishni istar. 70.15 . Yo'q! Axir, u do'zaxdir. 70.16 . Terilarini sidirib oluvchidir. 70.17 .U (Haq yo'lidan) yuz o'girib, ters qarab ketganni (o'ziga) chaqirur. 70.18 . (Boylikni) yig'ib saqlagan (yaxshi joylarga sarflamagan) kimsalarni ham. 70.19 . Darhaqiqat, inson betoqat qilib yaratilgandir. 70.20 . Qachonki, unga yomonlik (kambag'allik yoki musibat) yetsa, u o'ta besabrlik qiluvchidir.
|