MAORIJ surasi70.1 . (Bir) savol beruvchi tushadigan azob haqida so'radi 70.2 . kofirlarga (atalgan azob to'g'risida)ki, uni qaytaruvchi (kuch) yo'qdir, 70.3 . albatta, (u azob) me'rojlar egasi (Alloh)dandir. 70.4 . Farishtalar va Ruh (Jabroil) miqdori (masofasi) ellik ming yillik (bo'lgan) bir Kunda (Qiyomat kunida) Uning huzuriga ko'tarilurlar. 70.5 . Bas, (Ey, Muhammad, kofirlarning aziyatlariga) chiroyli sabr bilan sabr qiling! 70.6 . Chunki, ular u (Kun)ni uzoq deb bilurlar, 70.7 . Biz esa uni yaqin bilurmiz. 70.8 . U Kunda osmon yog'ning quyqasidek bo'lib qolur. 70.9 . Tog'lar esa yung kabi (to'zon) bo'lib ketar. 70.10 . Do'st do'stidan (hol-ahvol) so'ramas.
|