ALHAQQA surasi69.30 . "(Ey, jahannam qo'riqchilari!) Uni ushlab kishanlanglar! 69.31 . So'ngra uni olovda toblanglar! 69.32 . So'ngra uzunligi yetmish gaz bo'lgan zanjirga solinglar!" 69.33 . Chunki, u (dunyodalik paytida) Ulug' Allohga imon keltirmas edi. 69.34 . Miskinga taom berishga (o'zini va o'zgalarni) targ'ib qilmas edi. 69.35 . Bas, bugun bu yerda unga biror do'st yo'qdir. 69.36 . Yiringdan boshqa biror taom ham yo'qdir. 69.37 . Uni esa faqat xatoga (kufrga) ketganlargina yegaylar. 69.38 . Qasamyod etaman, sizlar ko'radigan narsalarga 69.39 . va sizlar ko'rmaydigan narsalargaki,
|