ALHAQQA surasi69.1 . (U) haqiqatan ro'y beruvchidir. 69.2 . (O'sha) haqiqatan ro'y beruvchi nimadir? 69.3 . (Ey, Muhammad,) haqiqatan ro'y beruvchining nima ekanini qayerdan (ham) bilar edingiz?! (U qiyomatdir.) 69.4 . Samud va Od (qabilalari) qattiq zarba beruvchi (Qiyomat kuni)ni inkor etdilar. 69.5 . Bas, Samud (qabilasi) haddan tashqari narsa (chaqmoq) bilan halok qilindilar. 69.6 . Od (qabilasi) esa, dahshatli, quturgan bo'ron bilan halok qilindilar. 69.7 . U (bo'ronni Alloh) ularning ustiga paydar-pay yetti kecha va sakkiz kunduz hukmron qilib qo'ydiki, endi u joydagi qavmni (chirib) ichi bo'shab qolgan xurmo daraxtining tanasidek qulab halok bo'lib yotganlarini ko'rasiz. 69.8 . Bas, ulardan (biror) asoratni ko'rayapsizmi?! (Aslo, ularning barchalari halok bo'lib bitdilar). 69.9 . Fir'avn ham, undan avvalgi o'tgan (dinsiz)lar ham, ostin-ustun bo'lgan qishloqlar (Lut qavmining qishloqlari) ham xato ish qildilar.
|