QALAM surasi68.11 . Shuningdek, g'iybatchi, gap tashuvchiga, 68.12 . yaxshilikni man etuvchi (baxil), tajovuzkor, gunohkorga, 68.13 . qo'pol va bulardan tashqari benasab (haromi)ga (itoat etmang)! 68.14 . U mol-mulk va o'g'illarga ega bo'lgani uchun (shunday qiladi). 68.15 . Qachonki, unga oyatlarimiz tilovat qilinsa: "Bular avvalgilarning afsonalari-ku!"- deydi. 68.16 . Yaqinda uning tumshug'iga tamg'a bosib qo'yajakmiz. 68.17 . Darhaqiqat, Biz ularni (Makka ahlini) bog' egalarini sinaganimizdek sinovga soldik. O'shanda ular, albatta, uni (bog' hosilini) erta tongda uzib olamiz deb qasam ichgan edilar. 68.18 . Lekin, istisno qilmagan edilar (Xudo xohlasa, demagan edilar). 68.19 . Bas, (tunda) ular uyquda bo'lgan chog'larida, u (bog') uzra Parvardigoringiz tomonidan bo'lmish aylanuvchi (ofat - olov) aylandi. 68.20 . Bas, (hosil) yig'ilgandek bo'lib qoldi (bog' kuyib kul bo'ldi).
|