VOQEA surasi56.81 . Bas, (ey, kofirlar,) sizlar shu So'zga (Qur'onga) beparvolik qilayapsizlarmi?! 56.82 . Yana (Qur'onni) yolg'onga chiqarishingizni o'z rizqingiz qilib olayapsizlarmi?! 56.83 . Bas, qachonki, (kishining joni) halqumga yetganida, 56.84 . holbuki, o'sha vaqtda sizlar qarab turursizlar. 56.85 . Biz esa unga sizlardan ko'ra yaqinroqdirmiz, lekin sizlar (buni) ko'rmassizlar. 56.86 . Bas, qani endi, sizlar jazolanmaydigan bo'lsangizlar, 56.87 . va rostgo'y bo'lsangizlaru, o'shani (jonni) qaytara olsangizlar! 56.88 . Bas, agar o'sha (vafot etgan zot Allohga) yaqinlardan bo'lsa, 56.89 . (uning uchun) rohat, rayhon (bo'yi) va ne'matlar jannati bordir. 56.90 . Endi, agar u o'ng tomon egalaridan bo'lsa, 56.91 . bas, (ey, saodatli banda,) senga o'ng tomon egalaridan salom! 56.92 . Bordi-yu, u (dinni) inkor etuvchi gumrohlardan (chap tomon egalaridan) bo'lsa, 56.93 . bas, qaynoq suvdan iborat "ziyofat" 56.94 . va do'zaxning toblashi bordir. 56.95 . Albatta, bu (zikr qilingan narsalar) ayni haqiqatning o'zidir. 56.96 . Bas, Ulug' Rabbingiz nomi bilan tasbeh ayting!
|