VOQEA surasi56.41 . Chap tomon egalari - chap tomon egalari (bo'lmoq) ne (baxtsizlik)dir! - 56.42 . (Ular) Samum (shamoli) va qaynoq suv ichida, 56.43 . qora tutun soyasi ostidaki, 56.44 . na sovuqdir va na yoqimli. 56.45 . Ular bundan ilgari (dunyoda) ishratchi edilar. 56.46 . Yana ulkan gunoh (shirk) uzra ustivor edilar. 56.47 . Yana aytar edilar: "Bizlar o'lib tuproq va suyaklarga aylangach, rostdan ham qayta tiriltiriluvchimizmi?! 56.48 . Avvalgi ota-bobolarimiz hammi?!" 56.49 . (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Albatta, avvalgilar ham, keyingilar ham 56.50 . ma'lum Kundagi belgilangan vaqtda, albatta, to'planuvchidirlar!
|