VOQEA surasi56.1 . Qachonki, Qiyomat voqe (qoyim) bo'lganda - 56.2 . uning voqe bo'lishining yolg'oni yo'qdir - 56.3 . (u odamlarni) ostin-ustun etuvchidir. 56.4 . Yer larzaga kelgan, 56.5 . tog'lar titilib (to'zib), 56.6 . to'zonga aylangan (bo'lur). 56.7 . Sizlar esa uch toifa bo'lursizlar. 56.8 . Bas, (u uchning birinchisi) o'ng tomon egalaridir. O'ng tomon egalari (bo'lmoq) ne (saodat)dir! 56.9 . (Ikkinchi toifa) chap tomon egalaridir. Chap tomon egalari (bo'lmoq) ne (baxtsizlik)dir! 56.10 . (Uchinchi toifa ezgu ishlarda) o'zib-o'zib ketgan zotlardir.
|