QAMAR surasi54.11 . Biz osmon darvozalarini (tinimsiz) quyiluvchi suv bilan ochib yubordik. 54.12 . Yana yerdan buloqlar chiqarib yubordik. Bas, (osmon va Yer) suvi taqdir qilib qo'yilgan bir ish uzra uchrashdilar. 54.13 . Uni (Nuhni) esa taxtalaru mixlar yasamasida (kemada) ko'tardik. 54.14 . U (kema) Bizning "ko'zlarimiz" o'ngida (himoyamizda) suzar. (Bu) inkor qilingan kishi (Nuh) uchun mukofotdir. 54.15 . Biz uni (To'fon asoratini) bir alomat qilib qoldirdik. Bas, eslatma oluvchi bormi?! 54.16 . Bas, Mening azobim va ogohlantirishlarim qanday ekan?! 54.17 . Haqiqatan, Biz Qur'onni zikr (eslatma) uchun oson qilib qo'ydik. Bas, eslatma oluvchi bormi?! 54.18 . Od (qabilasi ham payg'ambarni) inkor etdi. Bas, Mening azobim va ogohlantirishlarim qanday bo'ldi?! 54.19 . Biz ularning ustiga davomli nahs (shum) kunida bir dahshatli bo'ronni yubordik. 54.20 . (U) odamlarni sug'uriluvchi xurmo (daraxti) tanalaridek sug'urib ketar edi.
|