FATH surasi48.11 . (Ey, Muhammad,) hali (Madinaga qaytilgach) Sizga a'robiylardan (jangga chiqmay, uyda) qolgan (munofiq)lar: "Bizlarni mollarimiz va ahl (oila)larimiz band qilib qo'ydi. Endi o'zing bizlar uchun (Allohdan) mag'firat so'ragin", - derlar. Ular dillarida bo'lmagan narsani (yolg'onni) tillari bilan ayturlar. Ayting: "Agar (Alloh) sizlarga biror zarar (yetkazish)ni istasa yoki U sizlarga biror manfaat (yetkazish)ni istasa, bas, kim sizlar uchun Alloh (tomoni)dan bo'lgan biror narsani (daf qilish)ga ega bo'la olur?! Yo'q, Alloh sizlar qilayotgan amallaringizdan xabardordir. 48.12 . Balki sizlar Payg'ambar va mo''minlar (bu jangdan) o'z ahl (oila)lariga sira qaytib kelmaydilar, deb o'yladinglar va bu dillaringizga chiroyli ko'rsatilib, yomon gumon qildinglar hamda halok bo'luvchi qavm bo'ldinglar". 48.13 . Kimki Allohga va uning payg'ambariga imon keltirmagan bo'lsa, bas, albatta, Biz (unday) kofirlar uchun do'zaxni tayyorlab qo'ygandirmiz. 48.14 . Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohnikidir. (U) xohlagan kishilarni mag'firat qilur va xohlagan kimsalarni azoblar. Alloh mag'firatli va rahmli zotdir. 48.15 . Hali sizlar (Xaybar jangidagi) o'ljalarni olish uchun ketayotgan vaqtingizda (jihodga chiqmay uyda) qolgan kimsalar: "Bizlarga ham (o'lja olish uchun) sizlarga ergashishimizga (yo'l) qo'yinglar", - derlar. Ular Allohning kalomini o'zgartirmoqchi bo'ladilar. Ayting: "Sira ham bizlarga ergashmaysizlar. Alloh ilgari mana shunday degandir". Bas, ular: "Balki, sizlar bizlarga hasad (baxillik) qilayotgandirsizlar", - derlar. Yo'q, ular kamdan-kam (narsalarnigina) anglarlar. 48.16 . A'robiylardan (jihodga chiqmay) qolgan (munofiq) kimsalarga ayting: "Yaqinda sizlar ashaddiy kuch egalari bo'lmish bir qavm (bilan jang qilish)ga chorlanursizlar. (O'shanda Ñ‘) ular bilan urusharsizlar yoki ular (jangsiz) Islomga kirurlar. Bas, agar (o'shanda) itoat etsangizlar, Alloh sizlarga go'zal mukofot ato etur. Agar ilgari yuz o'girib ketganlaringizdek yuz o'girib ketsangizlar, (Alloh) sizlarni alamli azob bilan azoblar. 48.17 . (Jihodga chiqmaslikda) ko'zi ojiz kishiga haraj (tazyiq) yo'qdir. Cho'loqqa ham haraj yo'qdir, bemorga ham haraj yo'qdir. Kimki Alloh va uning payg'ambariga itoat etsa, (U) uni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritur. Kimki yuz o'girib ketsa, uni alamli azob bilan azoblar. 48.18 . (Ey, Muhammad,) darhaqiqat, Alloh mo'minlardan - ular daraxt ostida sizga bay'at (qasamyod) qilayotgan vaqtlarida - rozi bo'ldi. Bas, U ularning dillaridagi narsa (sadoqat)ni bilib, ularga xotirjamlik tushirdi va ularni (Xaybar jangidagi) yaqin g'alaba bilan mukofotladi. 48.19 . (Ular) oladigan ko'pdan-ko'p o'ljalar bilan ham (mukofotladi). Alloh qudratli va hikmatli zotdir. 48.20 . (Ey, mo'minlar,) Alloh sizlarga o'zingiz oladigan ko'pgina o'ljalar va'da qildi. Endi mana bu (Xaybar jangidagi o'ljalar)ni esa naqd qilib qo'ydi va (dushman) odamlarning qo'llarini sizlardan to'sib qo'ydi. Toki (bu ne'matlar) mo''minlarga alomat bo'lgay va (Alloh) sizlarni To'g'ri yo'lga hidoyat qilgay.
|