MOZORIM TEPASIDA QUR’ON O’QI, BOLAM.- Paygambarimiz avlodlarining hurmatlarini saqlagin, zero ularni ezozlash- islom diniga kirganliging shukridir. Qur’onda aytilishicha: قل لا اسئلكم علیه اجرا الا الموده ÙÙ‰ القربى Ey, Muhammad,) ayting: "Men sizlardan bu (da'vatim) uchun haq so'ramayman, faqat yaqinlarimga nisbatan muhabbatli bo’lishingizni so’rayman, xolos".(Sho’ro surasi, 23-oyat). - Kecha namozlarini o’qishni tark qilma, zero rasululloh (saov) bunday deb marhamat qilgan edilar: «من ختم له بقیام اللیل ثم مات Ùله الجنه؛» - Ya’ni “Kecha namozlarini o’qiydiganlar vafot etgach jannat ularning nasibasi bo’lgayâ€. Boshqa bir hadisda esa bunday degan edilar: Qiyomat kuni besh xil odamni, garchi gunohlari ko’p bo’lsa-da, shafoat qilaman. Bular: Avlodimga tarafdorlar, boy bo’lmasa-da, avlodimga yordam beruvchilar, qalbi va tili bilab avlodimga muhabbatini izhor qiluvchilar, farzandlarimga yordam beraman deb, yurtidan haydalgan yoki hijrat qilgan odamlar. Imom Sodiq (a.s) dan bunday deb naql qilinadi: Qiyomat kunida “Jim bo’linglinglar, rasululloh suhbat qiladilar†degan nido keladi. Hamma jim bo’lib qoladi, paygambarimiz o’z ahli baytlari bilan u yarga keladilar, so’ng bunday deydilar: Qaysi biringiz menga yaxshilik va ehson qilgan bo’lsangiz, mening oldimga kelsin. Shunda xaloyiq hayron bo’lib bunday deyishadi: Ota-onamiz sizga fido bo’lsin, ya rasululloh. Qanaqa yaxshilik, hamma yaxshilikni siz bizga qilgansiz-ku?shunda paygambarimiz: Mening farzandlarimdan birortasiga yaxshilik qilgan, ya’ni yordam bergan odam bo’lsa aytsin-deydilar. Ba’zi odamlar o’rnilaridan turib kelishadi. Shunda Allohdan nido keladi: Yo Muhammad, ularga o’zing istagan ajrni ber. Paygambarimiz usha odamlarni bir eshikdan jannatga kirishga taklif qiladilar. Usha jannat o’zlari va oilalari joylashgan yerda bo’lib, oralarida hech qanday parda bo’lmaydi.
|