MOZORIM TEPASIDA QUR’ON O’QI, BOLAM.



 (Alloma Helliyning farzandiga qilgan vasiyatidan olimgan)

Bismillohir rohmanir rohim

Aziz farzandim. Allohi Taolo seni o’z toatiga bo’yinsuyushingga yordam bersin, O’zi rozi boladigan ishlariga seni muvaffaq qilsin. Umring uzun va barakotli bo’lsin. Bilib qo’yki, men o’zimning bu “Qavoidul ahkom” kitobimda ahkomlarni sodda til bilan tushunarli qilib yozishga harakat qildim. Kitobni yozib tugatganmda men ellikdan oshib oltmish yoshni qarshillashga yuzlandim. Hazrat rasululloh (saov) aytganlaridek: Bu yoshda o’lim odamga hamla qila boshlaydi, men ham agar bu yoshda shu hujumga uchrab, umrim tugashi mumkin. Shuni hisobga olib,  senga quyidagi ishlarni vasiyat qilaman:

-   Allohdan taqvoda bo’l. taqvogina odamning joniga oro kiradi.

-   Allohning farmonlariga itoat qil. Buyurganini bajar, qaytargan narsalaridan esa o’zingni tiygin. Nodon odamlar bilan birga o’tirishdan saqlan, chunki ulardan also naf tegmaydi. Olimlar va ahli fazilat odamlar bilan yaqin aloqada bo’lishga harakat qil, chunki ularga yaqin bo’lsang, bilmaganlaringni o’rganasan, ertangi kun ing bugungisidan yaxshiroq bo’ladi.

-   O’z umringni ham ilmi jihatdan va ham mahorat jihatidan kamolotga yetish yo’lida sarflagin.

-   Umringning har lahzasini diniy birodarlaringga yaxshilik qilish bilan o’tkaz. Senga birortasi yomonlik qilgan bo’lsa, yaxshilik bilan qaytar. Yaxshilik qilganlarni hech vaqt yoddan chiqarma.

-   Doimo sabrli bo’l, hamisha Allohga tavakkal qil. Kechqurunlari har doim o’zingni hisob-kitob qil va istigfor so’ra.

-   Mazlumning ayniqsa yetim va bevalarning duoi badlaridan qo’rqqin. Chunki Xudovand ko’ngli yarim odamning qalbini ranjitganlarni kechirmaydi.

-   Silai rahim ya’ni qarindosh-uruglar bilan bordi-keldi qilish esingdan chiqmasin.



1 2 3 next