HAZRAT IMOM HASAN ASKARIY(13)dunyoning fitnalariga uchmaslik kerakligini uqtirar edilar. Jumladan xutbalarining birida shunday dedilar: Sizlar belgilangan qisqa muddatli umrlaringizni yashayapsizlar, bu kunlar tez o`tganini sezmay qolasizlar, o`lim to`satdan yetib keladi, kimki bu dunyoni yaxshilik qilib o`tkazgan bo`lsa, albatta ajrini ko`radi, lekin kimiki ma`siyat qilgan bo`lsa tezda tavba qilsin, va hidoyat yo`liga o`tib olsin. Allohning adolati barpo bo`lguvchidir! Ibn Shahr Oshub naql qiladi: 11-imom birovlarning aybini qidirishdan parhez qilar edilar, kechirguvchi va karamli zot edilar, ehson qiluvchi va ahdga vafodor bo`lganlar. Abu Hoshim Dovud bin Qosim Ja`fari naql qiladi: Imom Askariy ro`za tutganlarida, g`ulomlari keltirgan, og`zi bog`langan qopdagi taomdan iftor qilar dilar, va men ham ko`pincha Hazratga qo`shilib ro`za tutar edim. Ishoq bin Abon rivoyat qiladi: imom o`z ashoblarini qayerga borishi kerak bo`lsa, falon joyga, falonchining uyida Xufton namozidan keyin boringlar, deb tayinlar, va o`zlari hammadan oldin belgilangan makonga yetib borib, ashoblarning hojatini chiqarar edilar. Ali bin Sanon aytadi: Imom Askariy , Allohning izni bilan, ba`zan g`aybdan xabar berar edilar. Hazratning huzurlariga amvollardan keltirganimizda, necha dinor keltirganimizni, pulni kimlar berganligini, hatto pul yuzasidagi muhrlarning ustiga chizilib qolgan alomatlarni ham birma-bir aytib berar edilar.
|