HAZRAT IMOM HASAN ASKARIY(13)Jahon shialarining 11 – imomi - Hasan bin Ali bin Muhammad bin Ali bin Ja`far bin Muhammad bin Ali bin Husayn bin Alidir. Otalari – imom Hodi, onalari – Hudaysa? Dir. Hazratning eng mashhur laqablari – Askariydur. Imom Askariy hijratning 232 – yili, Rabius-soniy oyining 8 – kunida Madinai-Munavvarada dunyoga kelganlar. Imom to`rt (ayrim manbalarga ko`ra esa 11 ) yoshlik chig`larida otalari imom Hodi bilan Iroqning Somirro shahriga ko`chib borganlar. 22 yil otalari huzuridan bahramand bo`lganlar, olti yil esa o`zlari imomlik qilganlar. Hayotlari davomida Mo`taz Abbosiy, Muhtadi va Mo`tamad Abosiylar kabi xalifalar bilan ro`baro` bo`lganlar. Hazrat imom Askariy umrlarining ko`p qismi harbiy lagerda o`tgani uchun ul zotga ASKARIY laqabi berilgan edi. Imom Askariy hijratning 260-yili, 8- Robiul-avvalda Xalifa Mo`tamad tarafidan zaharlanib o`ldirilganlar. Hazrat shahid bo`lganlarida 28 yoshga to`lgan edilar. Qabrlari Somirro shahrida bo`lib, otalari imom Hodining yonlariga dafn qilinganlar. IMOM ASKARINING SIYRATLARI Imomning kanizlari Badal hikoya qiladi: Imom uyquga ketganlarida peshonalaridan yuqori tarafga qarab nur taralib turganligini ko`rganman.
|