HAZRAT IMOM HASAN ASKARIY(13)



Jahon shialarining 11 – imomi - Hasan bin Ali bin Muhammad bin Ali bin  Ja`far bin  Muhammad bin Ali bin Husayn bin Alidir.

Otalari – imom Hodi, onalari – Hudaysa? Dir.

Hazratning   eng  mashhur laqablari – Askariydur. Imom Askariy hijratning 232 – yili, Rabius-soniy oyining 8 – kunida

Madinai-Munavvarada dunyoga kelganlar.

Imom to`rt (ayrim manbalarga ko`ra esa 11 )  yoshlik chig`larida otalari imom Hodi bilan Iroqning Somirro shahriga ko`chib borganlar.  22 yil  otalari huzuridan bahramand bo`lganlar, olti yil esa o`zlari imomlik qilganlar.  Hayotlari davomida  Mo`taz Abbosiy,  Muhtadi  va  Mo`tamad Abosiylar kabi xalifalar bilan ro`baro`  bo`lganlar. Hazrat imom Askariy  umrlarining ko`p qismi harbiy lagerda o`tgani uchun ul zotga ASKARIY  laqabi berilgan edi.

Imom Askariy hijratning  260-yili,  8- Robiul-avvalda Xalifa Mo`tamad tarafidan zaharlanib o`ldirilganlar.  Hazrat shahid bo`lganlarida 28 yoshga to`lgan edilar.

Qabrlari Somirro shahrida bo`lib, otalari imom Hodining yonlariga dafn qilinganlar.

IMOM ASKARINING  SIYRATLARI

Imomning  kanizlari Badal hikoya qiladi:

Imom uyquga ketganlarida peshonalaridan yuqori tarafga qarab nur taralib turganligini ko`rganman.



1 2 3 next