IMOM ALI NAQI(12)



Imom Hodining zindondagi qorovullari  Solih hikoya qiladi:

-   Men  kunduzlari ro`zador,  kechalari ibodat uchun bedor,

hech  ortiqcha gapirmaydigan – Xudoning solih bandasi

(imom Hodi )  haqida nima ham deya olardim.

Rivoyat qilinishicha,  imom Hodi  nafl namozini quyidagicha o`qir  edilar:  3- rakaatda  Fotiha surasidan keyin,   "Hadid"

surasidan to " innahu Aliymun bizatis sudur" gacha bo`lgan joyigacha,  4- rakaatda esa, Fotihadan keyin,  "Hashr" surasining  oxirini zam qilar edilar.

Abbosiylar xalifasi Mutavakkilga, imom Hodi hukumatga qarshi  bosh ko`tarmoqchi, shuning uchun o`z  uyida qurol-aslaha yig`ib qo`ygan, degan xabar tarqatishdi. Buni eshitgan Mutavakkil darg`azab bo`lib, Imomning uylariga o`z a`yonlarini jo`natdi. Ular imom Hodining uylariga kelishganda,

Imomning dag`al kiyim kiyib, ibodat qilayotganligini ko`rishdi.  Imom  Hodining xonalarida hattoki, bo`yra ham solinmagan edi.

Imom Hodi  hazrat Alining qabrlarini ziyorat qilayotganlarida quyidagilarni aytar edilar: -  Salom senga, ey Allohning valiysi! Shahodat beramanki, sen mazlumlarning avvalisan,

shuningdek haqqi tortib olinganlarning ham birinchisidirsan.

Imom Javod mathamat qildilar:

Mendan keyingi Imom  Ali (Hodi)dir.  Uning gapi – mening gapimdir, uning amri – mening amrimdir,  unga itoat qilish – menga itoat qilish demakdir,  imomat undan so`ng  uning  o`g`liga  o`tadi ( ya`ni  Imom  Hasan Askariy nazarda                                                                                                                                                                                  tutilgandir).



back 1 2