IMOM ALI NAQI(12)



Hazrat Abul Hasan Ali ibn Muhammad Naqi (laqablari imom Hodi) hi9jratning 212- yili Zul-hijja oyining va yoki Rajab oyining 2-kuni Madina yaqinidagi bir qishloqda dunyoga keldilar.

Otalari – imom Muhammad-Taqi, va onalari – samona ismli mo`min ayoldir. Imom Hodi 8 yil  otalari huzurlarida, va 34 yil imomatllik qilganlar ( 6 Abbosiylar xalifasining davri). Hijratning 243-yilida  Abbosiylar xalifasi – Mutavakkil ,  Imomni Somiroga da`vat etdi. Bu bilan imomni nazorat qilmoqchi edi, toki  imom shialar bilan  aloqa qilishlariga yo`l qo`yilmasin deb.  Somiroda Mutavakkil  imom Hodi uchun harbiylar shaharchasidan xona ajratib berdi, va Hazrat u yerda kun kechirishga majbur bo`ldilar.

Hijratning 254 – yilida  Hazrat imom  Hodi Naqi  42  yoshliklarida  Somiroda shid qilindilar.  Marqad mutaharlari  Somiro shahrida bo`lib, shialarning  ziyoratgohlaridan biridir.

IMOM  HODINING  SIYRATLARI

Hazrat imom Hodining uzuklarining  ko`ziga

Ç ÎáÇÞ  ÇáãÚÈæÏ"   ÍÝÙ  ÇáÚåæÏ  -   ya`ni,

"Mening Parvardigorim-Allohdir,  u meni  o`z  maxluqlaridan o`zi  asraydi !" -  deb yozilgan edi.

Imom Hodi o`z g`ulomlariga qarab,  "Baqlajondan  ko`p  keltiringiz,  zero u issiq kunda issiqlikni oladi, sovuq kunda  soviqlikning kuchini kesadi,  boshqa  paytda  esa mo`tadil bo`lib,  bir so`z  bilan aytganda foydalidir,"- deb aytar edilar.

Ibn  A`mod  Hanbali aytadi:  Abu Hasan Ali ibn Javod –

Imom, faqih va  zohid edi.



1 2 next