IMOM ALI NAQI(12)Hazrat Abul Hasan Ali ibn Muhammad Naqi (laqablari imom Hodi) hi9jratning 212- yili Zul-hijja oyining va yoki Rajab oyining 2-kuni Madina yaqinidagi bir qishloqda dunyoga keldilar. Otalari – imom Muhammad-Taqi, va onalari – samona ismli mo`min ayoldir. Imom Hodi 8 yil otalari huzurlarida, va 34 yil imomatllik qilganlar ( 6 Abbosiylar xalifasining davri). Hijratning 243-yilida Abbosiylar xalifasi – Mutavakkil , Imomni Somiroga da`vat etdi. Bu bilan imomni nazorat qilmoqchi edi, toki imom shialar bilan aloqa qilishlariga yo`l qo`yilmasin deb. Somiroda Mutavakkil imom Hodi uchun harbiylar shaharchasidan xona ajratib berdi, va Hazrat u yerda kun kechirishga majbur bo`ldilar. Hijratning 254 – yilida Hazrat imom Hodi Naqi 42 yoshliklarida Somiroda shid qilindilar. Marqad mutaharlari Somiro shahrida bo`lib, shialarning ziyoratgohlaridan biridir. IMOM HODINING SIYRATLARI Hazrat imom Hodining uzuklarining ko`ziga Ç ÎáÇÞ ÇáãÚÈæÃÂ" ÃÂÃÂÙ ÇáÚåæà- ya`ni, "Mening Parvardigorim-Allohdir, u meni o`z maxluqlaridan o`zi asraydi !" - deb yozilgan edi. Imom Hodi o`z g`ulomlariga qarab, "Baqlajondan ko`p keltiringiz, zero u issiq kunda issiqlikni oladi, sovuq kunda soviqlikning kuchini kesadi, boshqa paytda esa mo`tadil bo`lib, bir so`z bilan aytganda foydalidir,"- deb aytar edilar. Ibn A`mod Hanbali aytadi: Abu Hasan Ali ibn Javod – Imom, faqih va zohid edi.
|