HAZRAT IMOM JAVOD(11)



Rasululloh shunday marhamat qilganlar:

Husaynning sulbida mening shunday pok naslim borki, uning  ismi – Muhammad  bin Alidir,  u  shialarning shafoatchisidir va bobosining (Rasulullohning )  ilmdagi merosxo`ridir.

Har vaqt hojatlari bo`lsa, imom Javod 4 rakaat  namoz o`qir edilar. Har rakaatda Fotiha surasidan keyin Ixlos  surasini to`rt marta o`qirdilar, namoz tugagach, o`tiribyuz marta Payg`ambarimiz va oilalariga salavot etib,  o`z hojatlarini so`rar edilar.

Qosim Sayqali aytadi:  Haj marosimida imom Javod soyadan qochar edilar. (ya`ni soyada salqinlanishdan qochar edilar).

Ali bin  Mahziyor naql qiladi:  imom Javod qurbon hayiti kuni Minodan Jamaratul aqabaga piyoda ketib, shaytonga tosh otar edilar, qaytishda esa ulovlariga miniar edilar. Hech vaqt Mino

masjidi qarshisidan ulov minib o`tmas edilar, albatta  yayov o`tar edilar.

Imom Javod o`ta  taqvodor bo`lganlaridan "TAQI' laqabini olgan edilar.

Abdus bin Ibrohim aytadi:  Men Imomning hammomdan chiqqanlarida ko`rdim, u zot azbaroyi hina qo`yganlaridan,  gulga o`xshar edilar. (Bu yerda hina qo`yish sunnat ekanligiga ishora qilingan).

Imom Javod Bani Hoshimning saxovatli va karamli vakili edi, shuning uchun uni 'JAVODUL AIMMA' deb aytishar edi.



back 1 2