HAZRAT IMOM JAVOD(11)



Hazrat imom Muhammad Taqi – Javodul aimma hijratning 195-yili Rajab oyining 10-kuniMadinai-Munavvarada dunyoga kelganlar.  Otalkari- Hazrat Imom Rizo  va onalari – Rayhona  (yoki  Sabike)dirlar. Hazrat umrlarining 8 yilini otalari  bilan, qolgan 17 yilini esa  imomlik qilib o`tkazganlar.  Ya`ni imom Javod 8 yoshga to`lganlarida imomatning mas`uliyati zimmalariga tushgan edi.( bu esa imom shaxsiyatining oddiy emas ekanligining yaqqol dalolatidir).

Imom Javod Abbosiylarning quyidagi xalifalari davrida yashagan edilar:  Abdulloh Ma`mun va  Mu`tasim Abbosi.  Ma`mun Imomni Bag`dodga chaqirtirib ,  ul zotga o`z  qizini nikohlab bergan edi.  Ma`munning o`limidan keyin Hazrat  Madinaga qaytib ketgan  edilar, lekin  Mu`tasim Imomni yana

Bog`dodga chaqirtirib, ularni shahid qilgan.  Hijratning 220- yili  25 yoshga to`lgan  imom Javod  shahid bo`ldilar, ularning pok marqadlari Iroqning Kozimayn shahrida, bobolari Musa ibn  Ja`far qabrining yonida  joylashgandir.

IMOM  JAVODNING SIYRATLARI

Imom  Rizo imom Javod tug`ilganlarida quyidagicha duo qildilar:  Hamd  bo`lsin Allohgaki, men va og`lim Muhammadni, xuddi Payg`ambarimiz va ularnng  o`g`illari  Ibrohimga  o`xshash qilib yaratdi.

Yahyo San`oniy hikoya qiladi:  Men imom Rizo Makkaga kelganlarida ularning huzurlariga kirdim, u zot o`g`illari Muhammad-Javodga banan yedirib o`tirar edilar. Men Og`illariga ishira qilib, - Siz aytgan barakotli zot shumi?- deb so`radim. Shunda imom Rizo shunday javob berdilar:  to`g`ri,

ey Yahyo, Islomda shialar uchun bundan ko`ra barakotliroq zot dunyoga kelmagan.

Ibn Sabog` naql qiladi:  Imom Javod – oq yuzli, kelishgan qomatli bo`lganlar, ularning uzuklari bo`lib, uning ko`ziga "Xudovand qodirdir"

Imom Rizo imom Javod haqida bunday marhamat qildilar:  U rostgo`y, sabrli va muloyimdir,  mo`minlarning ko`z nuri va islom dushmanlarining  g`azabidir.

Tabari Imomiy aytadi:  Ma`mun imom Javodni o`ziga kuyov qilmoqchi bo`lganda, Abbosiylar Ma`munni  chaqirib, undan bu borada tushuntirish berishini talab qilishdi. Ma`mun shunday dedi: Qasam bo`lsin Xudogaki, u sizlarning hammangizdan ko`ra Allohga va uning Rasuliga yaqinroqdir, sunnat va  shariatni hammadan yaxshiroq bilguvchidir.



1 2 next