HAZRAT IMOM JAVOD(11)Hazrat imom Muhammad Taqi – Javodul aimma hijratning 195-yili Rajab oyining 10-kuniMadinai-Munavvarada dunyoga kelganlar. Otalkari- Hazrat Imom Rizo va onalari – Rayhona (yoki Sabike)dirlar. Hazrat umrlarining 8 yilini otalari bilan, qolgan 17 yilini esa imomlik qilib o`tkazganlar. Ya`ni imom Javod 8 yoshga to`lganlarida imomatning mas`uliyati zimmalariga tushgan edi.( bu esa imom shaxsiyatining oddiy emas ekanligining yaqqol dalolatidir). Imom Javod Abbosiylarning quyidagi xalifalari davrida yashagan edilar: Abdulloh Ma`mun va Mu`tasim Abbosi. Ma`mun Imomni Bag`dodga chaqirtirib , ul zotga o`z qizini nikohlab bergan edi. Ma`munning o`limidan keyin Hazrat Madinaga qaytib ketgan edilar, lekin Mu`tasim Imomni yana Bog`dodga chaqirtirib, ularni shahid qilgan. Hijratning 220- yili 25 yoshga to`lgan imom Javod shahid bo`ldilar, ularning pok marqadlari Iroqning Kozimayn shahrida, bobolari Musa ibn Ja`far qabrining yonida joylashgandir. IMOM JAVODNING SIYRATLARI Imom Rizo imom Javod tug`ilganlarida quyidagicha duo qildilar: Hamd bo`lsin Allohgaki, men va og`lim Muhammadni, xuddi Payg`ambarimiz va ularnng o`g`illari Ibrohimga o`xshash qilib yaratdi. Yahyo San`oniy hikoya qiladi: Men imom Rizo Makkaga kelganlarida ularning huzurlariga kirdim, u zot o`g`illari Muhammad-Javodga banan yedirib o`tirar edilar. Men Og`illariga ishira qilib, - Siz aytgan barakotli zot shumi?- deb so`radim. Shunda imom Rizo shunday javob berdilar: to`g`ri, ey Yahyo, Islomda shialar uchun bundan ko`ra barakotliroq zot dunyoga kelmagan. Ibn Sabog` naql qiladi: Imom Javod – oq yuzli, kelishgan qomatli bo`lganlar, ularning uzuklari bo`lib, uning ko`ziga "Xudovand qodirdir" Imom Rizo imom Javod haqida bunday marhamat qildilar: U rostgo`y, sabrli va muloyimdir, mo`minlarning ko`z nuri va islom dushmanlarining g`azabidir. Tabari Imomiy aytadi: Ma`mun imom Javodni o`ziga kuyov qilmoqchi bo`lganda, Abbosiylar Ma`munni chaqirib, undan bu borada tushuntirish berishini talab qilishdi. Ma`mun shunday dedi: Qasam bo`lsin Xudogaki, u sizlarning hammangizdan ko`ra Allohga va uning Rasuliga yaqinroqdir, sunnat va shariatni hammadan yaxshiroq bilguvchidir.
|