IMOM SODIQ HAZRAZTLARI(8)



Shialarning oltinchi imomi-Hazrat Ja`far bin Muhammad Sodiq  hijratning 83-yilida, Robiul-avval oyining 17-kuni dunyoga kelganlar. Otalari-Imom Bog`ir, va onalari-Fotima bint  Qosim bin Muhammad bin Abi Bakrdir.  Imom Sodiq 31 yil otalarining huzurida yashaganlar. Ul zotning rihlatlaridan keyin esa, ya`ni hijratning 114-yilidan boshlab ummatga yetakchilik, ya`ni imom bo`lishdek yuksak va mas`uliyatli sharafga noil bo`ldilar. Imom Sodiqning imomatlik davrlari  Xilofatning inqirozga uchrayotgan davrga to`g`ri  kelgani uchun, ilm-ma`rifat taraqqiy etishi uchun qulay fursat edi. Bu fursatni g`animat bilgan Hazrat Imom  Islomiy ahkomlar, ilohiy ma`rifat xullas, Aqoid, Fiqh, Axliqni

o`rgatishga jiddiy kirishdilar va bu borada ko`pgina shogirdlar yetishtirdilar. Butun hayotlari davomida ko`p xalifalar bilan  ro`baro`  bo`lganlar. Jumladan: Hishom bin Abdulmalik, Valid, Yazid ibn Valid, Ibrohim ibn Valid, Marvon ibn Muhammadlar Bani Umayyadandirlar, Safoh va Mansurlar esa  bani Abbos sulolasidan bo`lgan xalifalar  edi.  Imom Sodiq 34 yillik imomatlaridan keyin  xalifa Mansur  tomonidan, zaharlangan uzum vositasida shahid bo`lganlar.  Bu mash`um hodisa hijratning  148-yilida  Shavvol oyining 25-kunida yuz berdi. Hazrat Imom Sodiq shahodatga yetganlarida 65 yoshda edilar. Muborak jasadlari  Madinadagi "Baqi`" qabristoniga dafn qilingandir.

IMOM  SODIQNING  SIYRATLARI

Ul zotdan qanday hayot kechirasiz? – deb so`rashganda

quyidagucha javob berganlar:

Men to`rt  narsaga  amal qilib yashayman;

1- Bilamanki mening vazifamni  mening o`rnimga boshqasi bajarmaydi, shuning uchun o`z ishimni vaqtida bajarishga harakat qilaman;

2- Bilamanki Xudovand mening har bir ishimdan xabardordir, shuning uchun doim hayo qildim;

3- Bilamanki mening rizqimni hech kim olib qo`ymaydi, ya`ni har kim o`z  nasibasiga egadir, shuning uchun hotirjam edim;

4- Bilamanki hayotning oxiri – o`limdir, shunday ekan unga doib tayyir turaman.



1 2 3 next